Alohida tartibda ko'riladigan ishlar Alohida tartibda ko'riladigan ishlar tushunchasi va mohiyati Alohida tartibda ko'riladigan ishlarda huquq haqida nizo bo'l-maydi, shu belgisi bilan u da'vo ishlarini yuritishdan farq etadi. Alohida tartibda ish yuritishdan maqsad fuqarolarning biron-bir huquqlari vujudga kelganligi, o'zgarganligi yoinki bekor boigan-ligini, ya'ni yuridik faktlarning mavjudligi yoki ularning yo'qligini aniqlashdan iborat. Da'vo ishlarini yuritishda sud faoliyati birmuncha kengroq bo'ladi. Bunda sud yuridik faktlarni aniqlabgina qolmay, shu bilan birga, aniqlangan faktlarga moddiy-huquqiy normalarni tatbiq etishi, taraflarning huquq va majburiyatlari haqida tegishli xulosaga kelishi, ya'ni fuqarolik huquqiy nizolarni hal etishi lozim. Alohida tartibda ko'riladigan ishlarda - huquq to'g'risida nizo bo'lmagani tufayli taraflar, ya'ni javobgar, da'vogar, uchinchi shaxslar ham bo'lmaydi, faqat o'z muddaosini aytib, sudga mu-rojaat qiluvchi arizachigina va boshqa manfaatdor shaxslargina bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham alohida tartibda ko'riladigan fuqarolik ishlarida ba'zi fuqarolik protsessual normalarning, masalan, sherik ishtirokchilik, tegishsiz tarafni tegishili taraf bilan almashtirish, kelishuv bitimi va shu kabi protsessual harakatlarga oid normalar qo'llanilmasligi mumkin. Alohida tartibda ko'riladigan ishlarni sud fuqarolik protsessual huquqning barcha tamoyillariga e'tibor bergan holda (oshkoralik, og'zakilik, erkin huquq va tortishuvlik va hokazo) ko'rishi lozim. Bunday turkumdagi ishlarda nizo bo'lmasa ham, biroq dalillarni isbotlash vazifasi arz qiluvchi shaxs zimmasiga yuklatilgan bo'ladi. Alohida tartibda yuritiladigan ishlarni sud ariza beruvchi va manfaatdor fuqarolarning, tashkilotlarning ishtirokida ko'radi (FPKning 281-moddasi). Sudya bu turkumdagi ishlarni ham sudda ko'rishga tayyorlaydi, ish uchun ahamiyatli hujjatlarni talab qiladi, guvohlik berishi mumkin bo'lgan guvohlarni, tegishli tashkilot vakillarini sudga taklif qiladi, lozim bo'lsa, ekspertiza tayinlaydi, sudda ko'riladigan ishlarning qandayligini aniqlashga harakat qiladi va ishni sud majlisida ko'rishga tayinlaydi. Agar alohida tartibda yuritilayotgan ishni ko'rish vaqtida sudlarga taalluqli huquq to'g'risida nizo bo'lsa, sud arizani ko'rmasdan qoldirib, manfaatdor shaxslarga umumiy tartibda da'vo qo'zg'atishni taklif qiladi (FPKning 282-moddasi). Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni belgilash Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktning belgilanishi to'g'risidagi ariza faqat quyidagi hollardagina: birinchidan, agar bu fakt shaxsiy yoki mulkiy huquqlarni vujudga keltiradigan, o'zgartiradigan yoki bekor qiladigan bo'lsa; ikkinchidan, bu faktni belgilash sud vakolatiga taalluqli bo'lsa; uchinchidan, yuridik faktni belgilash to'g'risidagi hujjatlarda boshqa tartibda ariza beruvchi tomonidan olinishi mumkin bo'lma-ganidagina ko'rish uchun sud tomonidan qabul qilinishi lozim. Masalan, yo'qolgan fuqarolik holati dalolatnomalarni tiklash ishi, bunday holatlarni qayd qiluvchi idoralar tomonidan, manfaatdor shaxslarning arizalariga binoan tiklanadi va agar bu organlardan rad javobi olinsagina, fuqarolik holati dalolatnomalarining, chu-nonchi bolaning tug'ilishi, nikohdan o'tganlik, fuqarolarning o'l-ganligi va hoka'zolar to'g'risidagi aktning qayd qffinishi faktning sud tomonidan belgilanishi mumkin. Binobarin, sud fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilganligi to'g'risidagi faktning belgilash to'g'risidagi ariza qabul qilishida ariza beruvchi shaxsning ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
284 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc