Apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi, mohiyati va ahamiyati

Apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi, mohiyati va ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi, mohiyati va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Reja: 1.Apellyatsiya tartibida ish yuritish tartibi. 2.Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi. 3.Sud ajrimlari. Apellyatsiya tartibida ish yuritish tartibi jinoyat-protsessual qonunchiligiga O'zbekiston Respublikasining 200- yil 14- dekabr qonuni bilan 55 bob qilib kiritilgan. Apellyatsiya so'zi lotincha so'z bo'lib, yordam so'rash, murojaat qilish degan ma'noni anglatadi. Apellyatsiya sudi apellyatsiya tartibida berilgan shikoyat yoki protest asosida qonuniy kuchga kirmagan hukm va ajrimlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Apellyatsiya sudining asosiy vazifasi hukm va ajrimlarning qonuniy, asosli va adolatli bo'lishini ta'minlash maqsadida qonunbuzarliklarni, jinoiy ishdagi xato va kamchilikiarni tez muddat ichida bartaraf qilishdan iborat. Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibi shikoyat berish yoki protest keltirish, hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning o'zida amalga oshiriladi. Apellyatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi tomonidan va jinoyat protsessining bundan oldingi bosqichlarida yo'l qo'yilgan buzilishlarni aniqlash va tuzatishdan iborat aniq vazifalarni hal qiladi. Bu bilan apellyatsiya instansiyasi ayni bir vaqtda fuqarolarning huquqlari himoyasini ta'minlaydi, tergov va sud organlarining faoliyatida qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi, noqonuniy hukmlar ijro etilishining oldini oladi, qonunning quyi bosqichidagi sudlar tomonidan to'g'ri va bir xilda talqin qilinishiga va qo'llanilishiga ko'maklashadi. -Apellyatsiya instansiyasi hal etadigan bunday vazifalar ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishi oldida turgan umumiy vazifalardan kelib ciliqadi. Apellyatsiya tartibidagi shikoyatning keltirilishi qonuniy manfaatlarni hukm bilan bog'liq bo'lgan. Fuqarolarning huquqlarini hirnoya qilishga doir huquqiy mexanizmni ishga tushiradi va ikkinchi instansiya sudi zimmasiga hukmning adolatliligini belgilash, shikoyatdagi har bir vaJga asoslangan javob berish, shikoyat bergan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, shikoyat bildirilgan sud qarorining qonuniy va asosli bo'lishi mta'minlash vazifasini yuklaydi. Sud apellyatsiya tartibida ish yuritganida nafaqat hukmni bekor qilish va ishni yangitdan tergov qilishga yoki yangitdan sudda ko'rib chiqish uchun yuborishga, shu bilan birga hukmni bevosita o'zgartirish, jinoyat ishini tugatishga ham haqli bo'ladi. Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat erishga prokuror va uning o'rinbosari esa protest bildirishga haqlidir. Fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da'voga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan shaxslar apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqlidir. Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm e'lon qilingan kundan e'tiboran o'n sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.06 KB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.06 KB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga