Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan apellatsiya shikoyatini berish (protest keltirish) huquqi Shikoyat berish (protest keltirish) huquqini amalga oshirish tartibi Fuqarolik protsessual kodeksiga apellatsiya tartibida ish yuritish institutining kiritilishi protsessual qonunchilikda katta burilish bo'ldi deyilsa, mubolag'a bo'lmasa kerak, chunki apellatsiya tartibida ish yuritilishining maqsad va vazifalari inson manfaatlarini, ularning haq-huquqlarini har taraflama himoya qilishga qaratil-ganidadir. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qaroriga norozi bo'lgan manfaatdor shaxs shikoyat qilish huquqidan foydalanadi. Bunday subyektlar jumlasiga ishda ishtirok etuvchi shaxslar kiradi1. Prokuror apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga muayyan ishda ishtirok etganligidan qat'i nazar, nazorat tartibida esa sudning hal qiluv qarori, ajrimi ustidan o'z vakolati doirasida protest keltiradi. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilib sudda ishtirok etgan davlat boshqaruvi organlari, kasaba uyushmalari, muassasalar, korxonalar, jamoat tashkilotlari, shuningdek, ayrim fuqarolar ham shikoyat qilish huquqiga egadirlar. Shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi sudning hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin paydo bo'ladi. Bu huquq apellatsiya shikoyati berilishi bilan amalga oshiriladi. Sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarorlari va ajrim-lari shikoyat qilish huquqining obyektlari bo'ladi. Apellatsiya shikoyati yoki protesti sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilgan kundan boshlab yigirma kun ichida berilishi mumkin. Agar bu muddatning o'tkazilishini sud uzrli deb topsa, uni tiklash to'g'ri-sidagi masalani ko'rib, hal etadi. Qonunda apellatsiya muddatini belgilashdan maqsad: ishning ikkinchi instansiya sudida tezda ko'rilishini ta'minlaydi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ko'rilgan ish materiallari bilan tanishish hamda ish yuzasidan chiqarilgan qarorga rozi bo'lmaganida, yuqori sudga shikoyat yoki protest bil-dirishga imkoniyat berishdan iborat. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat qilish huquqidan erkin foydalanishlari, jumladan, bergan shikoyatlardan voz kechishlari ham mumkin. Ammo uni qabul qilish-qilmaslik sudga bog'liq. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) tartibi FPKning 322-323-moddalarida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2004-yil 21-maydagi «Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida ko'rish amaliyoti haqida»gi qarori bilan tartibga solinadi. Apellatsiya shikoyatiga shikoyat beruvchi shaxs yoki lining vakili tomonidan imzo qo'yiladi. Protest esa prokuror yoki uriing o'rinbosari tomonidan ushbu ishda ishtirok etganligidan qat'i nazar, keltiriladi va imzolanadi. Vakil tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati vakolatnoma yoki shu vakilning huquqini guvohlantiradigan boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Sudning hal qiluv qaroriga keltiriladigan apellatsiya shikoyatidan nizoli summa bo'yicha dastlabki da'vo arizalari uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji olinadi. Agar apellatsiya shikoyati yoki protest berishda FPKning 322 va 323-moddalari talablari buzilgan bo'lsa yoki davlat boji to'lashdan ozod qilinmagan shaxs davlat boji to'lamagan bo'lsa, apellatsiya shikoyati yoki pro-testi harakatsiz qoldiriladi. Hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish, protest keltirish uchun belgilangan muddat ichida ishni suddan hech kimning talab qilib olishi mumkin emas ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.25 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.25 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc