Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) Qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlarini qayta tekshirish institutining vazifasi va mohiyati Kassatsiya tartibida ish ko'rish fuqarolik ishlarini qayta ko'rish hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ishlarni qayta ko'-ruvchi sudlarning har biri qonunda belgilangan huquqlardan foydalanishi, bundan oldingi «Apellatsiya bosqichida ish ko'rish» bobida bayon etilgan edi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligi kassatsiya tartibida ish ko'rish institutidan 200-yil 14-dekabriga qadar fuqarolik ishlarini sudda qayta ko'rishda ikkinchi instansiya sudi sifatida foydalanib kelingan va shu asosida qonuniy kuchga kirmagan birinchi instansiya sudining hal qiluv, qarorlari va ajrim-lariga shikoyat berish, prokuror esa protest keltirish huquqidan foydalanilgan edi. Kassatsiya - fransuzcha «buzish» ma'nosini anglatib, ko'rilgan fuqarolik ishlarini qayta ko'rish tushuniladi. Fuqarolik protsessual qonunchiligiga kiritilgan kassatsiya tartibida ish yuritish institutining maqsadi ishni qaytadan, faqat ishning shikoyat qi-lingan qismi bo'yicha moddiy va protsessual-huquqiy me'yorlar-ning to'g'ri tatbiq etilganligini, hal qiluv qarorini to'la hajmda tekshiradi. FPKga yangi kiritilgan va 200-yil 14-dekabridan amalda tatbiq etilayotgan kassatsiya instansiyasida ish ko'rish qator jihatlari bilan oldingi kassatsiya institutidan farqlanadi, jumladan, kassatsiya shikoyatini berish, protest keltirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar va qaysi muddatda berilishi FPKning 348'-moddasida ifodalangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikassi Oliy sudi ple-numining 2001-yil 1-iyundagi «Fuqarolik ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida ko'rish amaliyoti haqida»gi qarorida batafsil berilgan1. Unda ko'rsatilishicha, O'zbekiston Respublikasi barcha sudlarining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko'ril-magan hal qiluv qarorlari, ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qarori, ajrimi chiqqan kundan e'tiboran bir yil ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin. Demak, kassatsiya sudida birinchi instansiya sudi tomonidan ko'rib, hal etilgan va apellatsiya sudiga shikoyat (protest) berilmagan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori va ajrimlari ko'rilishi nazarda tutiladi. Kassatsiya tartibida ishlarni ko'rish fuqarolik ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudida, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko'riladi. Yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, shikoyat berish huquqiga apellatsiya tartibidagidek taraflar (da'vogar, javobgar), uchinchi shaxslar, ularning vakillari, protsessda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etgan prokuror sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassatsiya instansiyasiga xuddi apellatsiya tartibidagidek, muayyan ishda ishtirok etgan-yetmaganligidan qat'i nazar, ish bo'yicha protest keltirish huquqiga egadir (FPKning 3484-moddasi). Amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o'zgar-tirish va qo'shimchalar (FPKning 3482-moddasi)ga ko'ra, kassatsiya shikoyat (protest)larini qaysi sudlarning sudloviga te-gishli ekanligi belgilab berilgan. Kassatsiya shikoyatlari va pro-testlari kassatsiya instansiyasi sudi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan tumanlararo, tuman (shahar) sudlari orqali ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.95 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.95 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc