Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari Sud qarorlari tushunqhasi va turlari Fuqarolik ishlarini ko'rish va hal qilishda sudning mulohaza va xulosalari muayyan protsessual shaklda: belgilangan tartibda chiqariladigan sud qarorlari shaklida ifoda etiladi1. Fuqarolik ishlari bo'yicha hal etiladigan masalalarga ko'ra, sud qarorlari ikki turga: hal qiluv qarorlari va ajrimlarga bo'linadi. Birinchi instansiya sudining ishni mazmtman hal qiladigan qarongaMl qiluv qarori, deb aytiladi (FPKning 203-moddasi). Bunday hal qiluv qarori sud tomonidan ko'rilayotgan asosiy masalalarga javob tariqasida - taraflardan da'vo talablari bo'yicha davlat organlari va boshqa organlar, shunirigdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar, alohida tartibda ko'riladigan ishlar, chunonchi yuridik ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni belgilash bo'yicha qabul qilinadi. Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmaydigan qaroriga ajrim deb aytiladi (FPKning 237-moddasi). Birinchi ins-taiislya sudida fuqarolik ishlarini ko'rish, odatda, hal qiluv qarori qabul qilish bilan tamom bo'ladi. Ajrim esa fuqarolik protsessining yuritilishi yoki uning to'xtatilishi' tugatilishi masalalari bo'yicha dalillarni to'plash, protsessga y'angi shaxslarni jalb qilish, sudning hal qiluv qarorini ijro etish bo'yicha, shuningdek, tashkilotlarning ishlaridagi jiddiy kamchiliklar hamda fuqarolar tomonidan qonun-ning buzilishi masalalari va boshqa ba'zi masalalar bo'yicha chiqariladi. Sudning hal qiluv qarprining mohiyati va ahamiyati Sud o'zining hal qiluv qarori bilan taraflar o'rtasida chiqqan moddiy-huquqiy nizoga amaldagi qonunlarga asoslanib javob beradi, buzilgan shaxsiy va mulkiy huquqlarni tiklaydi hamda ba'zi qonunlarda sudlar vakolatiga berilgan nizosiz ishlarni ham hal qiladi. Agar da'vogarning talablari buzilmagan deb topilsa, sud uning talabini rad qiladi va shu bilan javobgarning huquqini himoya qiladi. Sudning hal qiluv qarorida ma'lum nizoni hal qilib, protsessdagi u yoki bu tarafning huquqini himoya qilibgina qolmasdan, shu bilan birga, mustaqillikka erishganxalqimizning irodasini ifoda qiluvchi qonunlarga ham tayanadi. Sudda ishni mazmunan ko'rishda sud zalida hozir bo'lgan kishilar ish holatlari bilan tanishadilar va sud qaror chiqargandan keyin nizoni qanday hal qilganligini, qonunlarning qanchalik to'g'ri tatbiq etganligini shu va ayrim misollar orqali aniq bilib oladilar. Sudning hal qiluv qarori odil sudlovning juda muhim va hal qiluvchi protsessual akti bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Konsti-tutsiyasi, «Sudlar to'g'risida»gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan sudlarga yuklangan vazifalarning bajarilishini aniq ifoda qiladi. Protsessning prinsiplariga muvofiq, hal qiluv qarori ish ko'rilishi bilanoq, darhol chiqarilishi lozim. Biroq qonun alohida murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan qarorni tuzib chiqarishni ko'pi bilan uch kungacha kechiktirilishi mumkinligi to'g'risida ko'rsatma beradi(FPKning 204-moddasi, 4-qismi). Barcha hollarda sud ishni ko'rib bo'lgandan keyin hal qiluv qarorini chiqarish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishga kirishadi. Sud hal qiluv qarorini alohida xonada (maslahatxonada) chi-qaradi. Maslahat vaqtida va hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida maslahatxonada shu ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.96 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.96 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc