Davlat hokimiyati oliy organlari tizimida Vazirlar Mahkamasining o'rni va roli Hukumat bu - davlat boshqaruvida markaziy organ hisoblanib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va xavfsizlikni ta'minlanishini nazorat qiluvchi, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa idoralariga umumiy rahbarlik qiladi. Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan Ministrlar Kengashi (Hindiston), Kabinet(Yaponiya), Ministrlar Kabineti, Davlat kengashi (Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya), Fedaral kengash (Shveysariya), Federal Hukumat (Germaniya), Hukumat(Chexiya, Kolumbiya) va hokazo. Bizda, ya'ni O'zbekiston Respublikasida hukumat «Vazirlar Mahkamasi» deb nomlangan bo'lib, «O'zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi qonunga binoan, u O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.[51] Shuni qayd etish kerakki, har qanday demokratik davlatda parlament va davlat boshlig'i tomonidan qabul qilinadigan huquqiy aktlarning hayotdagi ijrosi bevosita hukumat faoliyatiga bog'liq. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga rahbarlik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O'zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatini hisobga olish prinsiplariga tayangan holda, o'z faoliyatini bevosita amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo'yilgan o'z tarkibiga ega. Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislari, davlat va xo'jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar. Davlat hokimiyati organlarining ishini zamon talablariga muvofiq ravishda tubdan yaxshilamay turib islohatlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyat turmushining barcha sohalarini erkinlashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etib bo'lmaydi. Xalq tomonidan qo'llab quvvatlanayotgan kuchli va adolatli hokimiyat, demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk davlatni barpo etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Referendum qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun, eng avvalo umumxalq ovoz berishi natijalarini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida aks ettirish lozim bo'ldi. Referendum yakunlari fuqarolik jamiyati institutlari to'g'risidagi, davlat hokimiyatini tashkil etish tizimini, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va sud hokimiyatining konstitutsiyaviy maqokimini tartibga soluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagi qonunlarini takomillashtirishni taqozo etdi.[52] Yuqoridagilarga asoslangan holda 2003 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi. 2002 yil 27 yanvarda o'tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko'ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVII, XIX, XX, XXII boblariga tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan.[53] Mazkur o'zgartish va qo'shimchalarga binoan Konstitutsiyani 89-moddasining «O'zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.36 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.36 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:59 ]
Arxiv ichida: doc