Ma'muriy-hududiy tuzilishi prinsiplari Har qanday davlat o'z ma'muriy hududiy tuzilishini hal etishda turli xil omillar, shart- sharoitlarni inobatga olmasdan iloji yo'q. Shuning uchun tashkil etilayotgan har qanday ma'muriy hududiy birlik ma'lum bir prinsipial ahamiyatga ega bo'lgan qonuniyatlar, ustuvor ko'rsatkichlar asosida shakllantirilishi kerak. Ushbu ma'muriy - hududiy tuzilish prinsiplariga: Iqtisodiy prinsip; Siyosiy prinsip; Milliy - madaniy prinsip; fuqarolarning huquq va erkinliklarini bir xilda ta'minlash. davlat apparatini ommaga yaqinlashtirish. Iqtisodiy prinsip. tashkil etilayotgan ma'muriy-hududiy birlikning iqtisodiy potensialini inobatga olish lozim. Bunda tegishli hudud sanoati, qishloq xo'jaligini rivojlanganlik darajasi, shuningdek, mahalliy hudud transportining salohiyati inobatga olinadi. Siyosiy prinsip. Ma'muriy hududiy birliklar davlatning siyosiy strategik maqsadlaridan kelib chiqib tuzilishi shart. Har bir ma'muriy-hududiy birlik davlat hokimiyatini vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo'ladi va yagona siyosiy hokimiyatni o'rnatish hamda saqlab turish uchun kumaklashadi. Milliy - madaniy prinsip. Ma'muriy-hududiy bo'linishda tegishli hudud aholisining milliy va etnik tarkibi, madaniyati, ijtimoiy xususiyatlari inobatga olinadi. Davlat sarhadlarini ma'muriy-hududiy birliklarga ajratib, chegaralarini belgilashda bir millatga mansub aholini har xil ma'muriy - hududiy birlikda qolib ketmasligi ta'minlanib, ularni o'z madaniyati, urf-odatlari va tilini saqlab qolish uchun sharoit yaratiladi. Bunday tadbirlar O'zbekiston Respublikasida ham milliy qadriyatlarimizning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, madaniy, diniy, tarixiy tomonlarga e'tibor berishni ta'minlaydi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi, 2-bandida quyidagi normalar mustahkamlangan: O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini bir xilda ta'minlash. Ma'muriy -hududiy tuzilishni amalga oshirishda, fuqarolar uchun teng demokratik sharoitlarni ta'minlab berish va ularning ehtiyojlarini qondirish, prinsiplari va omillari ham hisobga olinadi. Mazkur prinsip har bir ma'muriy-hududiy birlikda madaniy - oqartuv, tibbiy, savdo, maishiy xizmat mavjud bo'lishini taqozo etadi.[26] Davlat apparatini ommaga yaqinlashtirish. Ushbu prinsipning mazmuni aholi qatlamini davlat boshqaruviga keng jalb etish, davlat bilan fuqarolar o'rtasidagi aloqani mustahkamlashdan iborat bo'lib, davlat boshqaruvini osonlashtiradi. ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.48 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.48 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:00 ]
Arxiv ichida: doc