Davlat organlari tizimida prokuraturaning o'rni

Davlat organlari tizimida prokuraturaning o'rni

O'quvchilarga / Huquq
Davlat organlari tizimida prokuraturaning o'rni - rasmi

Material tavsifi

Davlat organlari tizimida prokuraturaning o'rni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qonunning ustuvorligi huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan hukumronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo'jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo'ysunish majburiyatidan xolos bo'lishi mumkin emas, qonun oldida hamma barobardir deb ta'kidlagan edi.[69] Jamiyatni demokratik rivojlantirishni strategik maqsad va vazifalariga mos keluvchi huquqni muhofaza etuvchi idoralardan biri prokuratura zimmasiga yuklatilgan. Prokuratura konstitutsiyaviy huquqning muhim instituti bo'lib, u faoliyatini qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq tartibotni mustahkamlashga, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan, oliy qadriyat darajasida ko'tarilgan inson va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgandir. Prokuratura so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, yordamlashaman, ko'maklashaman ma'nosini bildiradi.2 Prokuratura tushunchasi va mohiyatiga aniqlik kiritishda prokuratura faoliyati xususiyati, prokuratura tizimining davlat mexanizimlarida tutgan o'rni, shuningdek vazifalaridan kelib chiqish kerak. Prokuratura o'z vakolati doirasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda, davlat amaliyotining mustaqil tarmog'ini tashkil etuvchi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi va qonunchilik va huquq tartibotni ta'minlashda ishtirok etadigan huquqni muhofaza etadigan organdir. O'zbekiston Respublikasining prokuratura organlarining konstitutsiyaviy huquqning muhim instituti sifatida shunda ko'rishimiz mumkinki, uni konstitutsion norma bilan alohida mustahkamlanganligidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXIV bobi prokuraturaga ajratilgan bo'lib, bu bob o'z ichiga 118, 119, 120, 121- moddalarni qamrab oladi. Konstitutsiyaning 118- moddasida O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi deyilgan. Bu konstitutsion normaga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi, Bosh prokuror rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga egadir. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o'z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo'ysunib amalga oshiradilar. Prokurorlar o'z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a'zolikni to'xtatib turadilar. Prokuratura organlarining asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: O'zbekiston Respublikasi hududida qonun ustunligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratdir. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g'risida»gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, hukumat qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining amaldagi buyruqlari, ko'rsatmalari, nizom va yo'riqnomalari va boshqa qonun va qonun osti hujjatlari bilan belgilangan. Prezident I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sesiyasidagi ma'ruzasida shuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.71 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.71 KB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga