Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo'yicha ishlarni yuritish Organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib, hal etishning umumiy tavsifi Fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonun hujjatlarida, jumladan, Fuqarolik protsessual kodeksining 2-moddasida belgilan-ganidek, sudlar buyraq tartibida, da'vo ishi tartibida yuritiladigan ishlardan tashqari davlat organlari, boshqa organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan beriladigan shikoyatlarni ham, alohida ish yuritish tartibida hal qilinadigan ishlarni ham ko'radilar. Davlat idoralari va boshqa idoralar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan beriladigan shikoyatlar faqat qonunda to'g'ridan to'g'ri nazarda tutilgan hollardagina sud-larga taalluqli bo'ladi. Umumiy qoida bo'yicha, idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lariga beriladigan shikoyatlar, asosan, ma'muriy tartibda ish yuritish qoidasiga amal qilgan holdako'riladi1. Fuqarolarning ishtiroki bilan bo'ladigan bunday ma'muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rib, hal etishning sud tartibi sudsiz ma'muriy tartibda ko'riladigan ishlarga nisbatan muayyan ustunliklarga ega bo'lishi nizolarning to'g'ri hal qilinishiga katta kafolatlar yaratilganligini, fuqarolar, davlat va boshqa idoralarning huquq ham manfaatlarini jiddiy qo'riqlanishi bilan farqlanadi. Idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlar yuzasidan kelib chiqadigan ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha, ammo ularning ayrim xususiyatlarini e'tiborga olgan holda sudda ko'riladi. Bunday ishlar ma'muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqsa ham, biroq, qonunda ko'rsatilgan hollarda sud tartibida ko'rishga taalluqli qilib belgilangan. Amaldagi qonunga asosan, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyatni manfaatdor shaxs - jabrlanuvchi, shuningdek, ularning qonuniy vakillari va advokatlar tomonidan berilishi mumkin. Shikoyat yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma'muriy ishlar bo'yicha tu-man (shahar) sudyasiga, sudyaning ma'muriy ishlar bo'yicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga berish tartibi belgilangan. Shikoyat ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs)ga yoki bevosita sudga yuboriladi. Ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch kun ichida, ish bilan birga, shikoyatni ko'rib chiqish huquqiga ega bo'lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi. Qonunga ko'ra, qaror ustidan shikoyat bergan shaxs davlat boji to'lashdan ozod etiladi. Shikoyat qarorning nusxasini olgan kundan boshlab o'n kun ichida beriladi. Agar shikoyat muddati uzrli sabablar bilan o'tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni ko'rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan tiklanishi qonunda nazarda tutilgan. Prokuror, tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo'yicha sudyasining qarori ustidan tuman (shahar) sudining raisiga yoki yuqori turuvchi sudga, boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin. Ma'muriy ish yuzasidan chiqarilgan qarorga nisbatan berilgan shikoyat va bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaxslar), shikoyat ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.14 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.14 KB
Ko'rishlar soni
204 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:00 ]
Arxiv ichida: doc