Davlat tuzilishi tushunchasi va uning shakllari

Davlat tuzilishi tushunchasi va uning shakllari

O'quvchilarga / Huquq
Davlat tuzilishi tushunchasi va uning shakllari - rasmi

Material tavsifi

Davlat tuzilishi tushunchasi va shakllari Muayyan bir davlatning ma'muriy hududiy tuzilishini o'rganishda ma'muriy hududiy tuzilish tushunchasi bilan birga davlat tuzilishi shakli tushunchasiga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki, bu tushunchalar mazmunan bir-biriga bog'liq bo'lib, har doim biri ikkinchisini taqozo etib turadi.Davlat tuzilishi davlat shaklining muhim bir turi hisoblanadi. Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadalar bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov davlat qurilishi va uning tuzilishi asoslariga bag'ishlangan bir qator asarlarida, xususan O'zbekiston XXI asrga intilmoqda degan kitobida bizda davlat tuzilishi yer kengliklarini viloyat, tuman va shaharlarga bo'linishi sun'iy ravishda, o'z-o'zidan kelib chiqqan texnik jarayon bo'lmay, balki Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi asosiy strategik maqsadni amalga oshiruvchi tayanch qismlariga ajratilishi ekanligiga alohida urg'u bergan.[19] Davlat tuzilishi shakliga qo'yidagi turli xil omillar ta'sir etadi: 1) davlat va jamiyat oldida turgan iqtisodiy vazifalar 3) davlatdagi siyosiy kuchlarning o'zaro nisbati 4) davlat hududida istiqomat qilayotgan aholining ko'p millatligi va o'zaro munosabati 5) davlat hududining katta yoki kichikligi ta'sir etadi. 6) uzoq yillar davomida shakllangan tarixiy an'analar 7) jamiyatdagi mavjud ijtimoiy ong Shunday qilib, davlat tuzilishi shakli deganda, davlat hokimiyatining ma'muriy-hududiy uyushuvi, davlat va uni tashkil etgan hududlarning, ayrim qismlarning, markaziy va mahalliy idoralar orasidagi munosabatlarning tabiati tushuniladi. [20] Davlat tuzilishi - davlatning ma'muriy-hududiy bo'linish tamoyillari va tuzilishini hamda ma'muriy hududiy birliklarning yuridik maqomini, davlatning markaziiy organlari bilan mazkur organlarning joylardagi mahalliy organlar bilan o'zaro munosabatlari qanday xususiyatlardan iborat ekanligini qamrab oluvchi tushunchadir. Milliy-davlat tuzilishi - davlatning tuzilishi, uning ma'muriy-hududiy bo'linishi, davlat bilan uning tarkibiy qismlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, davlat va uning tarkibiy qismlarining huquqiy holati, ularning vakolatlari xarakteri va hajmidan iborat ekanligi tushuniladi.[21] Ma'muriy - hududiy tuzilish - davlat tuzilishi tushunchasining tarkibiy qismi bo'lib, davlat o'z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun, muayyan cheklangan hududini ma'lum bir hududiy (ma'muriy-hududiy) bo'laklarga bo'linishini tushunish lozim. Ushbu hududiy bo'laklarda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi. Shuning uchun davlatning hududiy tuzilishini, ma'muriy-hududiy tuzilish deb ataymiz. Davlatni hududiy jihatdan tashkilashtirish o'z maqsadi va vazifalariga ko'ra nafaqat ma'muriy-hududiy, balki: iqtisodiy-hududiy (masalan, erkin savdo qiluvchi zonalar); harbiy-hududiy (masalan, O'zbekistonda tashkil etilgan Toshkent, Markaziy, Shimoliy, Janubiy, Farbiy, Sharqiy harbiy okruglar); siyosiy-hududiy (masalan, barqarorlikni saqlash va etnik masalalarni hal qilish uchun ajratiladigan mintaqalar); ekologik-hududiy (masalan, Orol va Orol bo'yi ekologik inqiroz holatidagi alohida muhofozaga muhtoj bo'lgan yer kengligining quruqlik qismi va suv akvatoriyasi) shakllarda namoyon bo'lishi mumkin.[22] Federativ davlatlarda ma'muriy - hududiy birliklar o'zining muayyan hokimiyat organlari tizimiga, Konstitutsiya va qonunchiligiga, shuningdek, hududiy ramzlariga ega bo'ladi. Ma'muriy - hududiy birlik - davlat ma'muriy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.87 KB
Ko'rishlar soni 293 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.87 KB
Ko'rishlar soni 293 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga