Da'voning turlari Ma'lumki, da'vogar sudga murojaat qilishida biron-bir protsessual maqsadni ko'zlaydi. Uning maqsadi - buzilgan yoki nizoli huquqning, yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatning hi-moya qilinishi to'g'risida sud qaroriga erishishga qaratiladi. Da'vogarning qanday maqsadni ko'zlashiga, nima to'g'risida qaror chiqarilishini suddan iltimos qilishiga qarab, da'volar ikki turga: undirish (olib berish) va tan olish to'g'risidagi da'volarga bo'linadi. Undirish to'g'risidagi da'volarga da'vogar, birinchidan, muay-yan huquqni olishga haqli bo'lishligini belgilashni, chunonchi mulkka nisbatan egalik huquqini olishga, turar joydan foydala-nishga, voyaga yetmagan bolani o'z tarbiyasiga olishga haqli bo'lishligini, ikkinchidan, javobgarning muayyan harakatlarni qilishi, masalan, da'vogarga nizoli mulkni topshirish, turar joyni bo'shatib berish, bolani tarbiyalash uchim topshirish lozimligi to'g'risida sud qarorining chiqarilishini iltimos qiladi. Agar sudning qarori javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmasa, qaror belgilan-gan tartibda ijro etilishi uchun topshiriladi. Shu tufayli bunday da'vo ijro etiladigan da'vo deb ham ataladi. E'tirof etish (tan olish) to'g'risidagi da'volarda da'vogar faqat nizoli huquqning o'ziga tegishli boiishini tan blishnigina, nizoli huquqiy munosabatning mavjud bo'lgani yoki bo'lmaganligini iltimos qiladi. E'tirof etish - tan olish da'volarida da'vogar javob-garni biron-bir harakat qilishga, masalan, meros hissasini ajratib berishga, muallifga qalam haqini to'lashga majbur etish to'g'risida qaror chiqarilishini iltimos qilmaydi. Da'vo qo'zg'atish Qonun fuqarolarga, tashkilotlarga sud himoyasidan foydalanish huquqini beradi. Ular bu huquqdan awalo belgilangan tartibda da'vo qo'zg'atish yo'li bilan foydalanadilar. Da'vo qo'zg'atilishi muhim protsessual harakat bo'lib, da'vo muddatining o'tishini uzadi. Qonunda belgilanishicha, da'vo mud-datining o'tishi belgilangan tartibda da'vo qo'zg'atilishi bilan, shu-ningdek, majburiy shaxs qarzni tan olganligini ko'rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi (FPKning 157-moddasi). Shu paytdan e'tiboran fuqarolik ishining harakati boshlanadi. Sudning taraflar o'rtasidagi nizoni ko'rish va bu to'g'rida qaror chiqarish burchi vujudga keladi. Qonunda belgilanishicha, har qanday shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi, yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli (FPKning 1-moddasi). Sudda fuqarolik ishi prokuror-ning arizasi bo'yicha ham, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari, kasaba uyushmasi, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolarning arizalari bo'yicha ham (agar qonunga ko'ra ular boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin bo'lsa) qo'zg'atiladi. Sudda fuqarolik ishi qo'zg'atilishida da'vo arizasi yozma shaklda berilib, lining mazmunida quyidagilar ko'rsatilishi lozim: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) da'vogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va yashash joyi, agar da'vogar tashkilot bo'lsa, uning qayerda joy-lashganligi, shuningdek, agar ariza vaki] tomonidan berilayotgan bo'lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili; 3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki agar javobgar tashkilot bo'lsa, uning qayerda joylashganligi; 4) da'vogarning talabi; 5) agar da'voni baholash lozim ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.15 KB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.15 KB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:56 ]
Arxiv ichida: doc