Da'vo tushunchasi va da'vo qo'zg'atish huquqi

Da'vo tushunchasi va da'vo qo'zg'atish huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Da'vo tushunchasi va da'vo qo'zg'atish huquqi - rasmi

Material tavsifi

Da'vo qo'zg'atish huquqi Reja: 1. Da'vo tushunchasi 2. Da'voning elementlari Da'vo tushunchasi Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi, yoxud qonun bilan qo'riqlanayotgan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Yuridik shaxs huquqidan foydalanuvchi tashkilotlar o'zaro nizolari yuzasidan mulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish xususida belgilangan tartibda xo'jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir. Da'vo deb, huquqning yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatning himoya qilinishi to'g'risida sudga, yoki boshqa vakolatli tashkilotga murojaat etishga aytamiz. Da'vo qo'zg'atish huquqi fu-qarolar, shuningdek, davlat, tashkilot, muassasalarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini birinchi instansiya sudida himoya qilishning protsessual vositasi bo'lib qaraladi. Fuqarolik da'vo ishi nizoli ish bo'lib, bunday ishlarda, albatta, nizolashuvchi taraflar: da'vogar va javobgar qatnashadi, agar ular o'rtasida nizoli huquqiy talab bo'lmasa, da'vo ham, nizoli sud ishi ham bo'lmaydi. Da'vo ishida muayyan huquq to'g'risidagi nizo hal qilinib, da'vogarning talablari hamda javobgarning e'tirozi qanchalik qonuniy va asosli ekanligi tekshiriladi. Oqibatda, sud yo da'voni (da'vogarning javobgarga bo'lgan talabini) butunlay, yoki qisman qanoatlantiradi, yoinki da'voni rad etadi. Har qanday fuqarolik da'vosining ikki tomoni bor: birinchidan, moddiy-huquqiy tomoni - bunda awalo, da'vogarning javobgarga nisbatan muayyan nizoli moddiy-huquqiy talabining bo'lishi, masalan, biron-bir ashyoning topshirilishi, pul to'lanishi, xizmat ko'rsatilishi, zararning qoplanishi xususida talab qilinadi; ikkinchidan, protsessual-huquqiy tomoni - bunda taraflar o'rtasida kelib chiqqan nizoning mazmunan hal qilinishi va buzilgan yoki nizoli huquqning qo'riqlanishi to'g'risida sudga iltimos bilan murojaat qilinadi. Da'voning mazkur har ikki tomoni birga qo'shilgandagina, da'vo nizoli huquqni himoya qilish vositasi bo'lib ko'riladi. Da'vo qilish - sudda fuqarolik ishi qo'zg'atilishi uchun asos bo'ladi. Ishning yuritilishi uchun da'vo arizasi qabul qilingan kundan e'tiboran, mazkur ish yuzasidan fuqarolik protsessi davom eta boshlaydi va fuqarolik protsessual-huquqiy munosabat vujudga keladi. Da'vo, ya'ni nizoli moddiy-huquqiy munosabatdan kelib chi-qadigan va muayyan protsessual tartibda ko'rish va hal qilish uchun sud yoki vakolatli organda qo'zg'atilgan talab tushunchasi bilan da'voga bo'lgan huquq tushunchasi chambarchas bog'liqdir1. Da'vo qilish, da'vo qo'zg'atish uchun asosning bo'lmasligi oqibati - da'vo arizasining qabul qilinishini rad etish yoki FPKning 100-moddasida ko'rsatilganidek, ish yuritilishini tugatishga asos bo'ladi. Da'voning qanoatlantirilishi uchun qonuniy huquqning bo'lmasligi - da'voni rad qilish uchun asos bo'ladi. Da'voning elementlari Da'volar ikki tarkibiy qismga: da'vo predmeti (da'vo qilinayotgan narsa)ga va da'vo asosiga bo'linadi. Bu ikki tarkibiy qism da'voning mazmunini tashkil etadi. Da'voning predmeti da'vogarning talabi, ya'ni uning javobgar-dan sud orqali talab qilinayotgan narsasi bo'ladi. Da'vo predmeti biron-bir narsani undirish to'g'risidagi talabdir. Chunonchi muayyan summaning undirilishi, biron-bir mulkning topshirilishi, xiz-mat ko'rsatilishi to'g'risidagi moddiy-huquqiy yoinki shaxsiy hu-quqqa asoslangan talab bo'lishi mumkin. Da'voning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.61 KB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.61 KB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga