Diplomatik va konsullik huquqi

Diplomatik va konsullik huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Diplomatik va konsullik huquqi - rasmi

Material tavsifi

Diplomatik va konsullik huquqi Diplomatik huquq tushunchasi, tizimi va manbalari. Tashqi aloqalar organlarining turlari. Diplomatik korpus. Diplomatik vakolatxona va uning xodimlarining immuniteti, imtiyozlari va imkoniyatlari. Davlatlarning xalqaro tashkilotlar xuzuridagi doimiy vakolatxonalari. Konsullik huquqining tushunchasi va manbalari. Konsullik muassasalari toifalari va xodimlari. Konsullik muassasalari va ular xodimlarining immunitet va imtiyozlari. Diplomatik huquq tushunchasi, tizimi va manbalari Diplomatik huquq - xalqaro huquqning qadimiy va alohida mustaqil sohasidir. Diplomatik va konsullik huquqini bir-biridan farqlash maqsadga muvofiqdir, chunki ularning oxirgisi davlatlararo munosabatlarning maxsus va yetarli darajada tor sohasini ifodalaydi. Diplomatik huquq - xalqaro-huquqiy normalarning nisbatan mustaqil tizimi bo'lib, xalqaro munosabatlarda davlatlar vakilligini tartibga soladi. Mazkur munosabatlarning ishtirokchilari davlatlarning o'zlari bo'lib, ushbu xalqaro munosabatlar huquqiy munosabatlar xarakterini oladi. Tegishli diplomatik muassasalar funksiyasi o'z davlati manfaatlarini u ishtirok etayotgan turli xalqaro (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) munosabatlarda himoya qilishdir. Konsullik huquqi - xalqaro-huquqiy normalarning nisbatan mustaqil tizimi bo'lib, davlatlar o'zaro munosabatlarining o'ziga hos sohalarida, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda vakilligini tartibga soladi. Diplomatik huquq umuman, garchi cheklangan doiralarda bo'lsa-da, konsullik munosabatlarini ham qamrab oladi. Konsullik muassasalari, amaliyotda mavjud bo'lganidek, mazkur davlat tomonidan ta'sis etilmasligi ham mumkin. Diplomatik huquq - xalqaro huquqning muhim sohasidir. U, avvalo, xalqaro odat huquq normalari tizimini tashkil etadi. Biroq, hozir ushbu normalarning aksariyat qismi bir qator universal konvensiyalarda kodekslashtirilgan. Bular amaldagi: 1961 yilda qabul qilingan Diplomatik aloqalar to'g'risidagi Vena konvensiyasi; 1969 yilda qabul qilingan Maxsus missiyalar to'g'risidagi konvensiya; 1975 yilda qabul qilingan Davlatlarning universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlaridagi vakilligi to'g'risidagi Vena konvensiyasi; 1963 yilda qabul qilingan Konsullik aloqalari to'g'risidagi Vena konvensiyasidir. Diplomatik huquq - «tashqi aloqalar huquqi» deb nomlash lozim bo'lgan xalqaro huquq institutining bir qismidir, chunki xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarda nafaqat davlatlar, balki boshqa subyektlar, xususan, xalqaro tashkilotlar - universal, regional (BMT Ustavi mazmunida) va mahalliy, xalqaro organlar va o'z tashqi aloqalarini ular nomidan qatnashuvchi tuzilmalar orqali ifoda etuvchi boshqa xalqaro instituglar ishtirok etadi. Tashqi aloqalar huquqi - xalqaro-huquqiy normalarning shunday tizimiki, u xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq. subyektlari vakilligini tartibga soladi. Bu, asosan, odat normalari sanaladi. Biroq, universal xarakterdagi konvensiyalar (masalan, Birlashgan Millatlar tashkiloti imtiyoz va immunitetlari to'g'risidagi 1946 yil konvensiyasi va Ixtisoslashgan muassasalar imtiyoz va immunitetlari to'g'risidagi 1947 yil konvensiyasi) ham mavjud. Diplomatik huquq - davlatning tashqi aloqalari sohasida faoliyagg yurituvchi organlari maqomi va funksiyalarini tartibga soluvchi normalar yig'indisini ifodalovchi xalqaro huquq sohasidir. Diplomatik huquq tizimi diplomatiyaning asosiy shakllariga: birinchidan, diplomatik vakolatxonalar yoki tuzilgan shartnomaning bajarilishini ta'min etishga xizmat qiluvchi davlatlarning maxsus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.67 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.67 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga