Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. RYeJA: 1. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikning tushunchasi, mohiyati va turlari. 2. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun intizomiy va moddiy javobgarlik. 3. Ekologik huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik. 4. Ekologik jinoyatlar uchun javobgarlik. Darsning maqsadi: Ekologik qonunlar, ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikning tushunchasi. Yuridik javobgarlik. Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik subyektlari, obyektlari va obyektiv tamoni va subyektiv tamoni ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun intizomiy va moddiy javobgarlik, ma'muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik. Kutilayotgan natija: Ekologik qonun hujjatlarini talabalarga o'rgatish va talabalarning ekologiyaga bo'lgan munosabatlarini yaxshilash. Ekologik huquqiy ongni oshirish va ekologik huquqiy madaniyatni shakllantirish. Foydalanilgan adabiyotilar. 1-Ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikning tushunchasi, mohiyati va turlari. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni ta'minlash choralari tizimida qonun hujjatlariga qilmaganlik, ekologik talablarni buzganlik uchun yuridik javobgarlik choralari muhim o'rinni egallaydi. Yuridik javobgarlik deganda, huquq normalarini buzganlik uchun jazo choralarini qo'llash oqibatida huquqbuzarlarga salbiy oqibatlar tug'dirish va davlat tomonidan huquq talablarini bajarishga majbur etish tushiniladi. Ekologiyaga doir qonunchilikni buzganlik uchun yuridik javobgarlik o'zining asosiy maqsadi va tamoyillari bilan boshqa qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlikdan farq qilmaydi,ammo malum bir o'ziga xos xususiyatlarga ega .Ushbu xususiyatlar o'simlia va hayvonat dunyosiga etkazilgan zararni taksa uslubi asosida undirish va ekologik qonun hujjatlarini buzganlik uchun maxsus jazo choralari, yani tabiiy resurslardan foydalanish huquqini cheklash, to'xtatib turish va undan mahrum qilish choralarini qo'llashdan iboratdir. Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik quyidagi maqsadlarga ega: tabiiy obyektlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini qulash ; atrof tabiiy muhitga va inson salomatligiga etkazilgan zararni qoplash ; yangi ekologik huquqbuzorlikni sodir etishni ogohlantirish. Ekologik huquqbuzarlik deganda tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tug'risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi aybli, noqonuniy harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ekologik huquqbuzorliklar obyekti tabiiy resurslar,atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish bo'yicha belgilangan tartibi hisoblanadi. Ekologik huquqbuzorliklarning subyekti esa uni sodir etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Ekologik huquqbuzorlikning obyektiv tamoni xatti-harakatning noqonuniyligi , ekologik zararni yetkazish yoki yetkazish xovfi tug'ilishi hamda ekologik munosabatlarning boshqa subyektlarini huquq va manfaatlari buzilishi , ushbu xatti harakat bilan vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanish bilan ifodalanadi. Ekologik huquqbuzorlikning subyektiv tamoni deganda huquqbuzorlikning aybi tushinilishi lozim.Huquqbuzorlikning aybi qasddan yoki ehtiyotsizlik shakilida vujudga kelishi mumkin. Ekologik huquqbuzorlik o'zining xovflilik darajasiga qarab jinoiy,ma'muriy,fuqarolik huquqbuzorlik hamda intizomiy xatti-harakat tarizida bo'lishi mumkin .Ekologik huquqbuzorliklar uchun tegishlicha intizomiy , jinoiy, fuqarolik huquqiy javobgarlik qo'llaniladi.Bundan tashqari ekologik huquqbuzorlikni sodir ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: doc