Ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va tizimi

Ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya huquqining tushunchasi,predmeti tamoyillari va tizimi. RYeJA: 1. Ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti, xususiyatlari va umumiy ekologiya tizimida tutgan o'rni. 2. Ekologiya huquqi fanining rivojlanish tarixi. 3. Ekologiya huquqi fanining predmeti, tamoyillari usullari va tizimi. Darsning maqsadi: Talabalarga ekologiya huquqi fani to'g'risida, ekologiya huquqi fanining rivojlanishi tarixi to'g'risida va umumiy ekologiya huquqi tizimi to'g'risida bilimlarni berish. Kutilayotgan natija: Talabalarga ekologiya to'g'risidagi bilimlarni rivojlantirish va tabiatga extiyotkorona munosabatda bo'lishga chakirish. Dars uslubi: bahs munozara. Asosiy tushunchalar: Ekologiya atamasi haqida tushuncha, ekologik munosabatlar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlik, ekologizatsiyalashtirish usuli. Ekologiya huquqining umumiy va maxsus kismi. 1 - Ekologiya huquqining tushunchasi, xususiyatlari va umumiy ekologiya tizimida tutgan o'rni. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik turli yo'nalish va shakllarda uzoq vaqt davomida amalga oshirilib kelinmokda. Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, uzining turli ehtiyojlarini kondirish uchun tabiatdan foydalanib, unga ta'sir kursatmokda. Shuni alohida takidlash kerakki, jamiyat a'zolari ongining tobora takomillashishi, oila mehnat qurollarining ixtiro etilishi o'z navbatida, insonning turli ehtiyojlarining rivojlanishiga olib keldi. Inson o'z ehtiyojlarini kondirish uchun tabiiy resurslardan foydalanib salbiy ta'sir kursata boshladi. Jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bo'yicha ehtiyojlarining oshishi, tabiiy resurslardan foydalanish qurollari, yani texnikaviy vositalarning takomillashishiga olib keldi. Ushbu holat o'z navbatida tabiatga jamiyat tomonidan buladigan ta'sirlarning bir necha barobar kupayishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi XX asrlarda inson tafakkurining rivojlanishi ilm-fanning taraqqiy etishiga o'z navbatida insonning turli ehtiyojlarini kondirishga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizini mustahkamlashga xizmat kildi. Albatta, oila tenologik jarayon ish unimdorligini, iqtisodiy daromadni ko'paytirishi bilan bir qatorda tabiiy resurslarning holatiga salbiy ta'sirlarni oshirishiga, shuningdek tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro muvozanatni buzilishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xam tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatning shunday yulga kuyilishi kerakki, o'zaro ta'sirlar natijasida tabiiy resurs, ekologik tizimlar holati va aholining sogligi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining darajasiga buladigan salbiy oqibatlarni iloji boricha kamayishiga olib kelinishi zarurdir. muhim tabiiy resurslar hisoblangan yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik, hayvonat dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralarning inson, jamiyat o'rtasida tutgan o'rni bekiyosdir. Shuning uchun har qanday jamiyatda tabiatdan foydalanish, muhofaza qilish, tabiat zaxiralarini kelajak avlodga meros qilib koldirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ekologiya huquqi-tabiat bilan jamiyat o'rtasida paydo buladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o'rganuvchi fandir. Ekologiya huquqi bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimida o'z salohiyatiga ega bo'lgan alohida yo'nalish va xususiyatlarga ega bo'lgan huquq sohasi hisoblanadi. Shuni alohida takidlash kerakki, har bir huquq sohasining mohiyati tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasi va darajasiga bog'liq bo'ladi. Shu jumladan, ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.14 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.14 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga