Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizasining huquqiy xolati

Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizasining huquqiy xolati

O'quvchilarga / Huquq
Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizasining huquqiy xolati - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya nazorati va ekologik ekspertizasining huquqiy holati. RYeJA: Ekologiya nazoratining tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari. Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari. Ekologiya nazoratining va ekologik ekspertizasi tizimlari. Darsning maqsadi: Ekologiya nazoratining haqida tushuncha, ekologik ekspertiza haqida tushuncha, ekologik nazorat maqsadi, usullari. Ekologik nazorat tizimi, ekologik ekspertiza maqsadi, usullari, tizimi haqida bilim berish. Kutilayotgan natija: Talabalarning ekologik huquqiy bilimini shakllantirish. Asosiy tushuncha: Ekologik nazorat, ekologiya eksperizasi, idoraviy ekologiya nazorati, ishlab chiqish ekologiya nazorati, jamoat ekologiya nazorati, davlat ekologiya eksperizasi, jamoat ekologiya eksperizasi, ekologik audit. 1-Ekologiya nazoratining tushunchasi, maqsadi, vazifasi va usullari. Ekologiya nazorati - davlat ekologik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida tabiat-jamiyat tizimidagi ekologik munosabatlarning barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. Hammamizga malumki, ekologik huquqiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida ekologiya nazorati muhim vazifalarni amalga oshiradi. Ekologiya nazorati - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik havfsizlikni ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo'mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o'rganish va kuzatish, chora-tadbirlarini qo'llash bilan bog'liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy chora-tadbirlar yig'indisini o'z ichiga oladi. Ekologiya nazoratining asosiy maqsadi atrof-tabiiy muhit barqarorligini saqlashdan iborat bo'lib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqoza etadi. Hozirgi va kelajak avlodga barqaror atrof-tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunining 29-moddasiga asosan, ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: atrof-tabiiy muhit holatini hamda xo'jalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda bo'lgan o'zgarishlarni kuzatab borish; atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish , tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni sog'lamlashtirish ,tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish. Ekologiya nazorati murakkab jarayonni o'z ichiga oldi va turli xil chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishini taqozo etadi. Ekologiya nazorati jarayonida quyidagi chora-tadbirlar oshiriladi : -atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish ,axborot jamlamasitni shakillantirish; -atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlarni o'rganish; -ishlab chiqarish va xo'jalik yuritish jaroyonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida talablarga rioya etilishini tekshirish; -ishlab chiqari va xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan proflaktik chora-tadbirlarning belgilangan amalga oshirilishini tekshirish; -tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ruxsatnomalar berish; -ekologik qoida -talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash,ogohlantirish , javobgarlikka tortish ; -aholi orasida ekologik qonunchilik qoida talablarini targ'ib va tashviqot qilish va boshqalar. Demak,ekologiya nazorati bilan bog'liq murakkab faoliyatini olib borishda ekologiya nazorati subyektlari tamonidan quyidagi asosiy tashkiliy -huquqiy usullar qo'llaniladi: 1. Kuzatish-atrof tabiiy muhitda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.74 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.74 KB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga