Fuqarolik ishlarining sudda ko'rilishi Sudda ishni ko'rish tushunchasi va uning ahamiyati Fuqarolik ishlarining sud majlisida ko'rilishi va hal etilishi fuqa-rolik protsessining muhim bosqichi bo'lib, katta siyosiy va protsessual ahamiyatga egadir. Bu bosqichda sud, birinchi instansiya tartibida ishni mazmunan ko'radi, to'plangan dalillarning qanchalik to'g'ri boiishini aniqlaydi, taraflarning haqiqiy-huquqiy munosabatlarini tekshiradi va ishning holatiga qarab, qonunga rioya qilgan holda, hal qiluv qarori chiqaradi. Sud fuqarolik ishlarini ko'rish va hal qilishda o'z faoliyatini davlatning, fuqarolarning va tashkilotlarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratadi. Shuning o'zi bilan sud ayni shu bosqichda odil sudlovning maqsad va vazifalarini amalga oshiradi. Sudda ishni ko'rish deganimizda, faqat vakolatiga, ya'ni sudda ko'rilishiga tegishli bo'lgan fuqarolik ishlarinigina (FPKning 31-moddasida) sud majlisida ko'rilishi nazarda tutiladi. Sud majlisida ish ko'rishning protsessual tartibi Fuqarolik ishi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, albatta, xabardor qilingan sud majlisida ko'riladi (FPKning 162-moddasi). Ishning ko'rilishida sudda ishtirok etayotgan taraflar va boshqa shaxslarning harakatlari qat'iy o'rnatilgan protsessual tartib asosida olib borilishi talab qilinadi. Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qilib, ishdagi barcha holatlarni, taraflarning huquq va vazifalarini to'liq, har tomonlama xolisona ravishda aniqlashni ta'minlaydi, ko'rilayotgan ishga aloqasi bo'lmagan hamma narsani sud tekshi-ruvidan chiqarib tashlaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, vakillar, ekspertlar, mutaxassis-lar, tarjimonlar, guvohlardan birortasi raislik qiluvchining harakatiga qarshi e'tiroz bildirgan taqdirda, bu e'tirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sudning to'la tarkibida hal qilinadi. Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni ta'minlash uchun zarur bo'lgan choralarni ko'radi (FPKning 164-moddasi). Fuqarolik ishlarining sudda ko'rilishi bamaslahat asosda olib boriladi. Ishni ko'rish va hal qiluv qarorini chiqarish bilan bog'liq hamma masalalarni hal qilishda sudyalar sud majlisida raislik qiluvchi bilan teng huquqlardan foydalanadilar. Fuqarolik ishlari umumiy qoida bo'yicha oshkora ko'riladi, bu esa, o'z navbatida, odil sudlovni amalga oshirishda xalqning nazorat etilishini ta'minlaydi. Qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda ish yopiq sud majlisida ko'riladi, chunonchi davlat sirlarini saqlash, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy qonuniy manfaatlarini talab qilgan hollarda ish yopiq sud majlisida ko'riladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxsiy sirlariga oid ma'lumotlarning fosh bo'lishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida ham ish yopiq majlisda ko'rilishi mumkin. Fuqarolik ishining yopiq sud majlisida ko'rilishida kimlarning qatnashishlari mumkinligi FPKning 10-moddasidako'rsatilgan. Fuqarolik ishlarini hal qilishda sud majlisi quyidagicha qismlarga: tayyorlov, ishni mazmuni bo'yicha ko'rish, sud muzoqaralari, agar ishda ishtirok etsa, prokurorning fikr berish, qaror chiqarish va uni e'lon qilish qismiga bo'linadi. Sud majlisining tayyorlov qismida sud fuqarolik ishini mazkur sud majlisida ko'rish uchun zarur shart-sharoitlar bo'lish-bo'lmas-ligini aniqlaydi. Buning uchun sud ishni mazkur tartibda chaqirilgan shaxslarning ishtirokida ko'rish mumkin bo'lish, bo'lmasligi va to'p-langan dalillarning yetarli bo'lish-bo'lmasligi masalalarini hal ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.59 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.59 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: doc