Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning, tashkilotlarning protsessual huquqlari va ularga huquqiy yordam

Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning, tashkilotlarning protsessual huquqlari va ularga huquqiy yordam

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning, tashkilotlarning protsessual huquqlari va ularga huquqiy yordam - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning, shuningdek, tashkilotlarning protsessual huquqlari va ularga huquqiy yordam Chet el fuqarolari va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari FPKning 386-391-moddalaridabelgilanganidek, chet el fuqarolari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida yashovchi, ammo fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek, chet el korxonalari va tashkilotlari ham O'zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar va Respublika fuqarolari bilan bir qatorda, fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadilar. Chet davlatlarda O'zbekiston fuqarolarining protsessual hu-quqlarini cheklashga yo'l qo'yilishi mumkinligini e'tiborga olib, fuqarolik sud ishlarini yuritish fuqarolarning, korxona yoki tash-kilotlarning fuqarolik protsessual huquqlarini maxsus cheklagan davlatlarga javoban qonun ularning fuqarolariga, korxona va tash-kilotlariga nisbatan ham shunday cheklashlarni belgilashi mumkin. Bu qonunga muvofiq, chet el davlatlariga da'vo qo'zg'atishga, da'-voni ta'minlashga va chet davlatning O'zbekiston Respublikasidagi mulkidan haq undirishga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari ruxsati bilangina yo'l qo'yilishi mumkin. Chet davlatlarning O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakillarini hamda tegishli qonunlar va bitimlarda ko'rsatilgan boshqa shaxslarni fuqarolik ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi su-diga chaqirishga faqat xalqaro huquq normalarida yoki tegishli davlatlar bilan birga bo'lgan bitimlarda belgilangan doiralardagina yo'l qo'yiladi. Diplomatlar sud ishlari bo'yicha guvohlik berishga majbur emaslar. Xorijiy davlatlar va ularning vakillarining yuqorida ko'rsatilgan huquqlari va imtiyozlari O'zbekiston Respublikasida xuddi shunday huquq va imtiyozlar o'sha davlatlarda O'zbekistonga va uning vakillariga berilganidagina ta'minlanadi. Aks holda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan o'sha davlatga, uning mulkiga yoki o'sha mamlakat va-kiliga nisbatan shunday javob choralari ko'rilishi mumkin. Chet el sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va O'z-bekiston Respublikasi sudlarining chet el sudlariga topshiriq bilan murojaat qilish tartibi FPKning 390-moddasida belgilangan. Unda ko'rsatilishicha, O'zbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni (chaqiriq qog'ozlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni so'roq qilish, ekspertiza o'tkazish, joyiga borib ko'rish va boshqalarni) bajarish to'g'risida belgilangan tartibda bergan topshiriqlarini ijro qiladilar. Bundan quyidagi holatlar istisnodir: 1) topshiriqlarni ijro etish O'zbekiston Respublikasining suve-renitetiga zid bo'lsa yoki O'zbekiston Respublikasining xavfsizligiga tahdid solsa; 2) topshiriqni ijro etish sudning huquq doirasiga kirmasa. Chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi topshiriqlari O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida ijro etiladi. O'zbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risida topshiriq bilan murojaat qilishlari mumkin. O'zbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlari bilan aloqada bo'lish tartibi O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. 40 - MAVZU: HUQUQIY YORDAM Har bir davlatning adliya organlari o'z faoliyatlarini mamla-katlari doirasidagina to'la hajmda amalga oshirishlari mumkin. Chet mamlakatlarda protsessual harakatlarning qaysi mamlakat hududida amalga oshirilishi lozim bo'lsa, faqat shu mamlakat davlatining roziligi va uning huquqiy tashkilotlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.44 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.44 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga