Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar

Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik protsessida isbotiash va dalillar Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar tushunchasi. Isbotlash predmeti Fuqarolik protsessida ishtirok etuvchi taraflar o'rtasidagi nizolarni to'g'ri hal qilish uchun sud ularning o'zaro huquqiy munosabatlari mazmunini aniqlashi, da'vogarning talablari, javobgarning da'voga qarshi e'tirozlari asosli bo'lishini tekshirishi, da'vogarningiiuquqi buzilgan yoki buzilmaganligini, da'vogarning buzilgan huquqini javobgar, deb faraz qilingan shaxs tiklashga majbur bo'lish-bo'lmasligini aniq-lashi iozim. Bu masalalarning hammasini nizoli-huquqiy munosabatga oid daliliy holatlar belgilangandan keyingina hal qilishi mumkin. Isbotlash taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs-larning sudga dalillar keltirishidan, tushuntirishlar berishlaridan, qarshi tomonning tushuntirishlaridan va keltirilgan dalillarga qarshi e'tiroz bildirishidan, dalillarni tahlil qilishdan, nizoli dalillardan xulosalar chiqarishdan iborat Sudda nizoli fuqarolik da'vosi qo'zg'a-tilganda, awalo, taraflardan isbotlar keltirish, ya'ni da'vo talabi-ning asosli bo'lishini yoinki asossizligini isbotlash talab qilinadi. Fuqarolik protsessida isbotlash vositasi dalillar hisoblanadi. FPKning 56-moddasida dalillar tushunchasi hamda dalil va isbotlash vositalari nimalardan iborat ekanligi ko'rsatilgan. Unda belgila-nishicha, taraflarning talablari va e'tirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashga asos bo'ladigan har qanday faktik ma'lumotlar va ishni hal etish uchun ahamiyatga ega bo'lgan boshqa holatlar ruqarolik ishi bo'yicha dalil hisoblanadi. Isbotlash vositalari bu taraflarning hamda ularning qonuniy vakillari tushuntirishlari, guvohlarning ko'r-satuvlari, yozma, ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalaridir. Dalillar masalasida mazmun bilan shakl bir-biriga bog'liq bo'ladi. Maz-mun deganimizda - dalillar to'g'risidagi ma'lumotlar nazarda tutilsa, shakl deganda, isbotlash vositalari (dalillar) nazarda tutiladi. Amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksida muallii ko'rsatilmagan xatlar va manbayi noma'lum bo'lgan yoki g'ayriqonuniy tarzda olingan boshqa ma'lumotlar dalil bo'la olmasligi ko'rsatilgan. Dalil-larning daxldorligi to'g'risida FPKning 58-moddasidaberilgan qoi-dada sud faqat ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan dalillarnigina ko'-rishga qabul qilishi ko'rsatilgan. Sud taraflar tomonidan keltirilgan dalillarni qabul qilish-qilmaslik masalasini va qo'shimcha dalillar talab qilib olish to'g'risidagi iltimoslarni hal qilishda, shuningdek, o'z tashabbusi bilan dalillar to'plashda mazkur qonunga amal qiladi. rDalillarning ko'riladigan ishga daxldor bo'lish-bo'lmasligini to'g'ri hal qilish - oz kuch va kam vaqt sarf qilib, ishning barcha holatlarini to'la va xolisona aniqlash imkonini beradi. Chunonchi voqeadan xabardor bo'lgan guvohlardan faqat bir nechasigina sud majlisiga chaqirilib so'ralganda, bir necha fuqarolar asosiy ishlarini, xizmat vazifalarini bajarishdan qoldirilmaydilar, bunday ish uchun oshiqcha (keragidan ko'p) chaqirilgan guvohlarning ko'rsatuvlari eshitilmaydi va sud protsessi ham ko'pga cho'zilmaydi. Sud ishni sud majlisida ko'rishga tayyorlash jarayonida, pro-tsessda ishtirok etish uchun taklif qilinadigan shaxslarni belgilash bilan birga, ishga daxldor, ish uchun zarur bo'lgan hujjatlarnigina qabul qilib ishga qo'shadi. Dalillarning daxldorligi to'g'risidagi qoida bilan FPKning 71, 72, 75 va 81-moddalarida belgilangan me'yorlar bog'liqdir. Ularda guvohlarning chaqirilishi, yozma yoki ashyoviy dalillar keltirilishi yoki ularning talab qilib olinishini iltimos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.67 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.67 KB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga