Fuqarolik protsessida prokurorning ishtiroki

Fuqarolik protsessida prokurorning ishtiroki

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik protsessida prokurorning ishtiroki - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik protsessida prokurorning ishtiroki Fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari O'zbekiston Respublikasidagi hamma vazirliklar, davlat qo'mi-talari va idoralari, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek, kimga bo'ysunishidan, kimning tasarrufida bo'lishidan va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ja-moat birlashmalari, harbiy qismlar, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi quyi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Prokuratura idoralarining faoliyati «Prokuratura to'g'risida»gi Qonunda ko'rsatilganidek, qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzimini siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgandir1. Prokuror faqat birgina narsaga haqqi bor va majbur, u ham bo'lsa hech qanday mahalliy xususiyatlarga va qanday bo'lmasin mahalliy ta'sirlarga qaramasdan butun Respublikada qonunni va boshqa huquqiy me'yorlarni bir xilda tushunishning tatbiq etili-shini kuzatib borishi lozim. Prokurorning birdan bir huquq va burchi masalani sud hukmiga topshirish lozimligi yuridik ada-biyotlardan ma'lum. Ana shu talablarga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasiga ko'ra, prokuratura organlari o'z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda faqat qonunga bo'ysunib amalga oshiradilar. Fuqarolik sud ishlari bilan bogiiq bo'lgan qonunlarning baja-Yilishi yuzasidan nazorat olib boruvchi prokuror fuqarolik ishlari ho'yicha sudlar tomonidan qonuniy va asosli qaror chiqarilishiga sudlarning mustaqilligi va faqatgina qonunga bo'ysunish prinsipiga qat'iy rioya etish faoliyatini nazorat qilish bilan odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashadi. Qonunda prokuror boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Shuning-dek, prokuror boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo'zg'atilgan ishni ko'rishda protsessning boshidan boshlab ishtirok etish huquqiga ega ekanligi belgilangan (FPKning 46-moddasida). Yuqorida keltirilgan qonun prokurorning fuqarolik protsessida ikki shaklda ishtirok qilishini: birinchidan, ariza berish yo'li bilan (fish boshlashini va ikkinchidan, manfaatdor shaxs tomonidan qo'zg'atilgan ishni ko'rishda jarayon boshlanishidan boshlab qatnashish huquqiga ega ekanligi nazarda tutiladi. Demak, prokuror FPKning 5-moddasiga muvofiq, o'z tashabbusi bilan ishga kirishishidan tash-qari, sud tashabbusi (qarori) bo'yicha ham, shuningdek, qonun-ning maxsus, to'g'ridan to'g'ri ko'rsatmasiga binoan ham ishga jalb qilinishi mumkin. Fuqarolik jarayonida qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan va odil sudlovni amalga oshirishda sudga ko'mak-lashish maqsadida prokuror qator protsessual huquqlardan foyda-lanadi. Uningbu huquqlari FPKning 34, 46, 47 va boshqa modda-larida belgilangan. Prokuror fuqarolik ishini qo'zg'atishga, jarayonning boshla-nishida qo'zg'atilgan ishga kirishishga, ish materiallari bilan tanishishga, ulardan ko'chirmalar va nusxalar olishga, chetlatish to'g'risida arz bildirishga, dalillar taqdim etishga, guvohlarga, eks-pertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, da'vogar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.69 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.69 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga