Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar

Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar Uchinchi shaxslar tushunchasi Fuqarolik nizoli ishlarini birinchi instansiya tariqasida sudda ko'rilishida yuqorida aytganimizdek, odatda, ikki taraf: da'vogar va javobgar ishtirok etadi, sudning vazifasi ular o'rtasidagi ana shu nizoli-da'voli ishni hal qilishdan iboratdir. Ba'zan shunday hollar ham bo'ladiki, nizoning hal etilishida taraflardan tashqari boshqa shaxslar ham manfaatdor bo'ladilar. Bunday shaxslarning manfaati huquqiy manfaat bo'lib ko'riladi, chunki ish yuzasidan chiqarilgan sud qarori ma'lum darajada ular-ning fuqarolik moddiy huquqiga ta'sir etishi, ishning sudda hal etilishi natijasida ularga nisbatan muayyan huquq yoki majburiyat vujudga keltirilishi mumkin. Shu tufayli bu shaxslar o'z huquqlarini himoya qilish maqsadlarida boshlangan fuqarolik ishiga kirib borishi (aralashishlari) yoki boshlangan protsessda ishtirok qilish uchun sud tomonidan jalb etilishlari mumkin. Shuning uchun ular uchinchi shaxslar, deb ataladilar. Uchinchi shaxs manfaatlarining mazmuniga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror bilan bog'liq bo'lgan oqibatlarga qarab bunday shaxslar mustaqil talab bilan arz qiluvchi (mustaqil da'vo qiluvchi) uchinchi shaxslarga va mustaqil talab bilan arz qilmaydigan (mustaqil da'volari bo'lmagan) uchinchi shaxslarga ajratiladilar. Da'vogar bilan javobgar o'rtasidagi nizoning predmeti o'ziga tegishli bo'lishi to'g'risida arz qiluvchi shaxs - mustaqil da'vo qiluvchi uchinchi shaxs, deb ataladi. FPKning 44-moddasiga asosan, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud hal qiluv qarorini chiqarguniga qadar ishga kirishishlari mumkin. Masalan, fuqaro A. otasi vafot etgani va shu munosabat bilan meros ochilga-nini bilib, meros mulkini egallab turgan akasi B.ga nisbatan meros hissasining ajratib berilishini talab qilib, sudda fuqarolik ishini qo'zg'atadi. Bundan xabardor bo'lgan fuqaro V. (marhumning qizi) meros mulkining hammasi notarial tartibda rasmiylashtirilib, qiziga otasi tomonidan vasiyat qilinganligini aytib, nizoning predmeti (meros mulkining) qiziga topshirilishi to'g'risida da'vo talabi bilan suddan qo'zg'atilgan ishga kirishish haqida talab qilishi mumkin. Bunday hollarda sud bir ishda ikki da'voni: birinchidan, fuqaro A.ning fuqaro B.ga bo'lgan da'vosini va ikkinchidan, fuqaro V.ning fuqaro A. va B.ga nisbatan bo'lgan da'vosini hal qilishi lozim bo'ladi. Shu tartibda uchinchi shaxsning nizo predmetiga o'zining mustaqil haqqi borligini bildirishi, uning mustaqil da'vo bilan protsessda ishtirok qilishi uchun asos bo'ladi. Uchinchi shaxsning ishga kiri-shishi umumiy asoslarga (FPKning 148-150-moddalariga) binoan ariza berish bilan qo'zg'atiladi. Binobarin, mustaqil talabi bilan arz qiluvchi shaxs arizasiga tegishli hujjatlarni ilova qilishi, sudga taklif qilinishi kerak bo'lgan guvohlarai ko'rsatishi va agar davlat bojini to'lashdan ozod qilinmagan bo'lsa, tegishli bojni to'lashi lozim bo'ladi. Uchinchi shaxsning protsessual holati ariza beruvchi yoki da'vo-garniki bilan barobardir, boshqacha qilib aytganda, bunday uchinchi shaxs ariza beruvchi yoki da'vogar bo'lib hisoblanadi, dastlabki taraflar esa javobgar bo'lib ko'riladilar. Shu tufayli uchinchi shaxs ariza beruvchi yoki da'vogarning hamma protsessual ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.71 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.71 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga