Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi, predmeti, manbalari va tizimi

Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi, predmeti, manbalari va tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi, predmeti, manbalari va tizimi - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik protsessual huquqining tushunchasi, predmeti, manbalari va tizimi Reja: Fuqarolik sud ishlarini yuritishning maqsadi va vazifalari 2. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual huquqining tushunchasi va predmeti 3. Fuqarolik protsessual huquqining manbalari va tizimi Fuqarolik sud ishlarini yuritishning maqsadi va vazifalari Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashma-larining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi Konstitutsiyaning 44-moddasida alohida huquqiy me'yor qilib belgilangan. Heeh qaysi davlat idorasi sud kabi nizoli fuqarolik masalalarini to'g'ri, odilona hal eta olmasligi sud hokimiyatining muhim jihatlaridan ekanligi amaliyotda na-moyon bo'lmoqda. Manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali sud odil sudlovni amalga oshiradi. Odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi O'zbekiston Res-publikasining «Sudlar to'g'risida»gi Qonunida o'z ifodasini topgan. O'zbekistonda sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashma-laridan mustaqil ravishda ish yuritishi haqida Konstitutsiyada o'z ifodasini topganligi istiqlolga erishgan Respublikamizning demokratik, adolatli huquqiy davlat qurish sari tashlagan ilk qadam-laridan hisoblanadi. Sudlar o'z faoliyatlari bilan manfaatdor shaxslarning, nafaqat, huquq va erkinliklarini himoya qilishi, shu bilan birga, ularni qonunni hurmat qilish va unga rioya etish ruhida ham tarbiyalaydi. Sudlar odil sudlovni amalga oshirishda mustaqil va faqat qonungagina bo'ysunishlari va bu borada olib boriladigan faoliyatga biron-bir tarzda aralashishga yo'l qo'ymasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'lishi «Sudlar to'g'risida»gi Qonunda belgilab qo'yilgan. Sud odil sudlovga qaratilgan faoliyatini fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunlarga moslagan holda sudga taalluqli bo'lgan fuqarolik, oila, mehnat uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da'vo talablariga oid ishlarini, nizosiz bo'lgan alohida tartibda ko'riladigan ishlarni hamda davlat idoralari, boshqa idoralar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek, sud buyrug'i tartibida ko'riladigan ishlar bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan, adolatli hal qiluv qarori chiqarish bilan amalga oshiradi. Demak, sudning odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati ko'rilishi lozim bo'lgan masalani to'g'ri hal qilish uchun manfaatdor shaxslarga qonunda ko'rsatilgan protsessual harakatlarni tatbiq etish bilan g'ayriqonuniy harakat qilgan tarafga nisbatan davlatning majburlash kuchini qo'llash va tegishli fuqarolik ishlarini yechimini topish muammolari tushuniladi. Fuqarolik protsessi mulkiy va shaxsiy huquqlarning sud tomo-nidan himoya qilinishi shakli sifatida ko'riladi. Shu munosabat bilan muayyan fuqarolik protsessual harakatlar qilinadi. Bunday hara-katlar sudda fuqarolik ishining taraflari sifatida qatnashuvchilar va ishning boshqa ishtirokchilari tomonidan qilinadigan protsessual harakatlar, shuningdek, fuqarolik ishlari bo'yicha odil sudlovni amalga oshiruvchi sudning protsessual harakatlaridan iborat bo'ladi. Fuqarolik ishini sudda ko'rishda sudning, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning muayyan fuqarolik protsessual huquq va burchlari bor. Bu huquq va protsessual ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.77 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.77 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga