Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar va ularning subyektlari

Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar va ularning subyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar va ularning subyektlari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar va ularning subyektlari Reja: 1. Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar tushunchasi 2. Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlarning subyektlari, ularning huquq va muomala layoqatlari 3. Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar tushunchasi Huquqiy me'yorlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar, deb ataladi. Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar fuqarolik muomala ishlarining, ya'ni fu-qarolar bilan fuqarolar, tashkilotlar bilan fuqarolar o'rtasida bo'-ladigan shaxsiy, mulkiy, oila huquqi, mehnatga oid uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan, ayrim tashkilotlar bilan fuqarolar o'rtasidagi ba'zi xo'jalik munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarning sudda ko'rilishi va hal qilinishida, sud, xo'jalik sudi va boshqa ba'zi organlar qarorlarining ijro qilinishida ishtirok etuvchilar o'rtasida bo'ladigan ijtimoiy munosabatlardan iboratdir. Bunday huquqiy munosabatlar sud bilan sidan bo'lgan dayosar o'rtasida, sud bilan javobgar o'rtasida, sud bilan prokuror va boshqa organlar o'rtasida, sud Bilan taraf-larning vakillari o'rtasida bo'lib, fuqarolik protsessual-huquqiy normalari bilan tartibga solinganligi tufayli fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar bo'lib hisoblanadi. Sud bilan fuqarolik protsessining boshqa ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladigari munosabatlar ham fuqarolik protsessual huquq normalari bilan tartibga solinganligi sababli fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlar bo'lib ko'riladi. Fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlarning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, sud har bir fuqarolik protsessual munosabatda, albatta, ishtirok etuvchi subyekt bo'lib ko'riladi. Chunki bunday munosabatlar yuqorida aytganimizdek, sud bilan protsessda ishtirok etuvchilarning biri o'rtasida, masalan, sud bilan da'vogar o'rtasida, sud bilan javobgar o'rtasida va protsessning boshqa ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladi. Ammo bunday munosabatlar sud bilan protsessning barcha ishtirokchilari o'rtasida bir vaqtning o'zida vujudga kelmaydi. Binobarin, fuqarolik protsessual munosabatlarda barcha hollarda faqat ikkita subyekt boiib, ulardan biri, albatta, sud bo'ladi. Fuqarolik ishida ishtirok etuvchi taraflar, uchinchi shaxslar va protsessning boshqa ishtirokchilari to'g'ridan to'g'ri o'zaro fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlarda bo'lmaydilar, chunki fuqarolik protsessual huquq me'yorlari mazmunida fuqarolik protsessi ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlarning suddan tash-qari vujudga kelishi nazarda tutilmagan1. Demak, har qanday protsessual-huquqiy munosabat faqat sudning protsessual faoliyati natijasidagina vujudga kelishi mumkin va shuning uchun ham sud barcha hollarda har qanday fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatning ishtirokchisi bo'ladi. Fuqarolik protsessida ishtirok etuvchi barcha shaxslarning o'zaro protsessual munosabatlari faqat sudning tegishli harakatlari vositasidagina amalga oshiriladi; ikkinchidan, fuqarolik protsessual-huquqiy munosabatlarda asosiy subyekt bo'lib ko'rilgan sudning manfaatlari protsessual-huquqiy munosabatning boshqa subyektlari manfaatlariga zid kelmaydi. Chunki sudning o'zi fuqarolik sud ishlarining yuritilishida huquqiy munosabat subyektlarining protsessual huquqlari mumkin qadar, to'la amalga oshirilishidan manfaatdor bo'lib ko'riladi. uchinchidan, protsessual harakatni amalga oshirishda vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar faqat yuridik munosabatlar tarzi-dagina mavjud bo'lishi mumkin. Binobarin, sud huquq me'yorlari bilan tartibga solinmaydigan munosabatlar bo'yicha buzilgan huquqni, masalan, qimor o'ynab, pul yutqizgan fuqaroning mul-kiy huquqini himoya qilish uchun hech qanday shaxs ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.24 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga