Hukm, ajrim, qarorlar ijro ettirish tushunchasi

Hukm, ajrim, qarorlar ijro ettirish tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Hukm, ajrim, qarorlar ijro ettirish tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Hukm, ajrim, qarorlar ijro ettirish tushunchasi. Reja: 1.Hukm,ajrim,qarorlarni ijro ettirish tushunchasi. 2.Hukmni ijro etish bosqichlari. 3.Hukmni ijro etish bosqichida isbotlash. Hukm, ajrim, qarorlarni ijro ettirish tushunchasi kki ma'noda qo'llaniladi: 1. Jinoyat protsessining alohida bosqichi ma'nosida. 2. Sudlarning protsessual faoliyati ma'nosida. Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish hali jinoyat sudlov ishiarini yuritishning yakun topganligini bildirmaydi. Sudlarning sinov muddati, sudlanganlikni olib tashlash, axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish, xizmat bo'yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish to'g'risidagi iltimosnomalarni va boshqa masalalarni ko'rib chiqish vakolati mavjud bo'ladi. Demak, hali ish jinoyat protsessi doirasida bo'ladi. Bosqich sifatida hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish jinoyat protsessining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U hukm, ajrim, qarorlarning qonuniy kuchga kirishi bilan boshlanadi va o'zida ushbu protsessual huijatlarni hayotga real qo'llashga qaratilgan protsessual harakatlarni qamrab oladi. Sud qarorlarini ijro etish bosqichining maqsadi hukm, ajrim va qarorlarning samarali amalga oshirish uchun sharoitni ta'minlash hisoblanadi. Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish bosqichi o'ziga xos jinoyat protsessining ishtirokchilariga ega. Bular qarorni chiqargan sud, jazo, tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi yoki boshqa ta'sir chorasini ijro etish joyidagi sud, prokuror, mahkum, uning qonuniy vakili, yaqin qarindoshlari, himoyachisi, jazoni ijro etish bilan bog'liq masalalami ijro etishda yuzaga keladigan masalalarni hal etish to'g'risida taqdimnoma kiritgan muassasa yoki organ vakili, shuningdek, jazoni o'tayotgan shaxslardir. . Hukmni ijro etish bosqichi quyidagi o'ziga xos belgilarga ega: 1. Ushbu bosqichda jinoyat protsessiga tegishli bo'lgan umumiy vazifalar hal qilinadi. Uning o'ziga xos xususiyati va mazmuni odil sudlov hujjati bo'lmish hukmning umummajburiyligi, o'z vaqtida va to'la ijro etilishi bilan asoslantiriladi. Sudya quyidagilarga majbur: 1) hukm qonuniy kuchga kirishi bilan uni ijroga qaratish lozim; 2) hukmni ijro etish vaqtida yuzaga keladigan protsessual masalalarni hal qilish; 3) qonunda ko'rsatilgan hollarda hukmni to'la yoki bir qismini bevosita ijro etish (bunda hukm chiqarilishi bilan darhol sudyaning yakka o'zi yoki sud tomonidan amalga oshiriladi). 2. Hukmni ijro etish bosqichida muayyan ishtirokchilar doirasi ishtirok etadi. Ayrim istisno hollardan tashqari protsessual masalalarni quyidagi sudlar ko'rib chiqadi: a) hukm chiqargan sud; b) mahkum tomonidan jazoni o'tash joyidagi sud; d) mahkumning yashash joyidagi sud. Jumladan, JPK ning 541- moddasi qaysi masalalar qaysi sud ish yurituviga tegishliligini hal qiladi. Ushbu bosqichda jazoni ijro etish muassasalari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari yoki ularning vakillari, mahkum, uning himoyachisi, fuqaroviy da'vogar, prokuror, sud ijrochilari ishtirok etadi. 3. Hukmni ijro etish bosqichi alohida protsessual tartibga ega. Hukmni ijro etish bosqichida sud faoliyati o'zida odil sudlov faoliyatining bir shaklini namoyon qiladi. U jinoyat protsessual qonuni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.32 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.32 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga