Jamiyatda oilaning o'rni va uning huquqiy himoyasi

Jamiyatda oilaning o'rni va uning huquqiy himoyasi

O'quvchilarga / Huquq
Jamiyatda oilaning o'rni va uning huquqiy himoyasi - rasmi

Material tavsifi

Jamiyatda oilaning o'rni va uning huquqiy himoyalanganligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq, Oila- jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega deb , ko'rsatib o'tilgan. Albatta jamiyatning paydo bo'lishida oilaning roli beqiyosdir. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi , jamiyatning rivojlanishiga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Davlat doimiy ravishda oila manfaatlarini barcha jabhalarda himoya qilib, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi. 1991 yil mustaqqillikka erishganimizdan so'ng, davlat oilaviy munosabatlari sohasida tub islohotlarni amalga oshirila boshladi. Jumladan, 1992 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tashkil qilingan Mahalla xayriya jamg'armasi kam ta'minlangan oilalarga, boquvchisini yo'qotgan shaxslarga moddiy jihatdan kata yordam ko'rsatdi va ularga keng shart-sharoitlar yaratdi. 1993 yil 4-martda Prezidentimiz farmoni bilan Sog'lom avlod uchun ordeni tashkil etildi. Bu orden onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodning salomatlini saqlash hamda yoshlarni vatan tuyg'usida tarbiyalash ishlarida o'zining xizmatlari bilan tanilgan shaxslarga berildi. 1994 yil 22-avgustda Prezidentimizning Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash to'g'risidagi farmoni qabul qilindi.Bu farmonga ko'ra moddiy jihatdan qiynalib qolgan oilalarga yaqindan yordam berish, ularga yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berishni nazarda tutadi. Oila munosabatlarni 1998 yil 30-aprelda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan Oila kodeksi tartibga soldi.Bu qabul qilingan Oila kodeksi o'zida xalqaro normalarni, jahon oilaviy tajribalarini, shu bilan birga o'zbekona urf-odat hamda qadriyatlarni o'zida mujassamlashtirdi. Oila kodeksida oila qonunchiligimiz uchun yangi bo'lgan munosabatlar, nikoh shartnomasi, aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv, qon-qarindoshlik va boshqa munosabatlar kiritildi. 1998 yilni Oila yili deb e'lon qilinishi, davlatimiz tomonidan oila manfaatlarini himoyalash, ularni rag'batlantirish hamda ularga yetarli shart-sharoit yaratib berish chora -tadbirlarini ishlab chiqdi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan oilaviy munosabatlarni himoyalash bo'yicha dastur ishlab chiqildi. Bu dasturga ko'ra oilalarni huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy hamda ma'naviy jihatdan himoyalash tadbirlari belgilandi. Balog'at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy belgilari bo'yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o'tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o'tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqdan foydalanadilar8. Bundan ko'rinib turibdiki, har qanday shaxs qonunda belgilangan yoshga yetgach xohlagan shaxs bilan nikoh munosabatlariga kirishishi mumkin. Hech kim har qanday kamsitilishlar bilan birovning nikoh tuzishiga to'sqinlik qilishi mumkin emas. Oilaviy munosabatlarda yer va xotin bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Ayol faqatgina uy -ro'zg'or ishlari bilan shug'ullanmasdan, balki davlatning boshqaruv sohasida ham ishtirok etishlarini bildiradi.Hozirgi rivojlanish jarayonida ayollarimizning ko'plab boshqaruv sohalarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borayotganligini guvohi bo'lishi mumkin Ayol va erkak nikohni qayd qilar ekan, albatta uning qonuniy bo'lishligini xohlaydi.Shu sababli nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.63 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.63 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga