Jamoat birlashmalari tushunchasi va tizimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga asosan kasaba uyushmalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e'tirof etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoat birlashmalariga o'z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarni bajarish imkonini kafolatlaydi. Bu kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo'lgan huquqlarini ro'yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining huquqiy asosi yaratilgan- Konstitutsiyaning XII bobi hamda fuqarolarning jamiyat va davlatni boshqarishda ishtirok etish (32-modda), kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda qatnashish (34-modda) huquqi kafolatlangan O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risidagi Qonunida jamoat birlashmasi tushunchasi, maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va huquqlari, maqomi va ro'yxatga olinishi kabi normalar o'z ifodasini topgan. O'z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi. Jamoat birlashmalari ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Jamoat birlashmalari to'g'risidagi Qonunning 3-moddasiga ko'ra, Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda erkinliklarni ro'yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish kasbkor va havaskorlik qiziqishlarini qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma'rifiy, fizkultura-sog'lomlashtirish va sport ishlarini o'tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarni muhofaza qilish; vatanparvarlik va insonparvarlik tarbiyasi; Respublikalararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish, xalqlar o'rtasida tinchlik va do'stlikni mustahkamlash; qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadida tuziladi. Jamoat birlashmasi deganda uning mohiyatiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Jamoat birlashmasi biron-bir shaxsni yoki oilani yoxud ayrim guruhlarning shaxsiy foyda olish istagini ifodalamaydi. Jamoat birlashmalari odatda g'oya, iroda bilan harakatga keladi, ularning yagona maqsadi-jamiyatni takomillashtirish. Ular o'z oldiga nazorat qilish yoki foyda olish vazifasini qo'ymaydi, balki ular jamiyatni mukammallashtirish yo'nalishi va istagida faoliyat yuritadi. Demak, jamoat birlashmalari fuqarolarga o'zlariga o'zlari yordam berishlari, o'z hayotlarini jamiyatni takomillashtirish orqali yaxshilashlari imkonini beradi. Jamoat birlashmalari o'z a'zolarining ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o'zini-o'zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik tamoyillari asosida tuziladi va faoliyat ko'rsatadi. Jamoat birlashmalari o'zlarining ustav faoliyatiga hamda tashkiliy-huquqiy maqomiga ko'ra uchta turga bo'linadi: 1. xalqaro miqyosdagi jamoat birlashmasi 2. Respublika miqyosdagi jamoat birlashmasi 3. Mahalliy miqyosdagi jamoat birlashmasiga xalqaro jamoat birlashmalari deyilganda - o'z ustaviga va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston hududida hamda bitta yoki undan ko'proq chet el davlati hududida ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.38 KB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: docx