Jinoyat protsessi ishtirokchilari va ularning turlari Ma'sul davlat organlari va mansabdorlar

Jinoyat protsessi ishtirokchilari va ularning turlari Ma'sul davlat organlari va mansabdorlar

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat protsessi ishtirokchilari va ularning turlari Ma'sul davlat organlari va mansabdorlar - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat protsessi ishtirokchilari tushunchasi va ularning turlari. Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar Reja: 1.Jinoyat protsessida ishtirokchilik. 2.Jinoyat protsessi ishtirokchilari turi. 3.Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar. Jinoyat protsessi ishtirokchilari deganda,jinoyat-protsessual munosabatlarda o'z huquq va majburiyatlari bilan qatnashuvchi shaxslar tushunish lozim. Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o'zining ma'lum huquq va majburiyatlariga ega bo'lib, ular shu huquq va majburiyatlari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadilar. Jinoyat protsessi ishtirokchilari - bu davlat organlari, mansabdor shaxslar, jismoniy shaxslar muayyan jinoyat-protsessual funksiyalarini bajaruvchi, tegishli huquqiy maqomga ega va bir- birlari bilan jinoyat-protsessual huquqiy munosabatga kirishadigan shaxslardir. Demak, jinoyat-protsessual munosabatlarda o'z huquq va majburiyatlari bilan qatnashadigan shaxsiarga jinoyat protsessi ishtirokchilari deyiladi. Jinoyat protsessi ishtirokchilari amalga oshirayotgan funksiyasiga qarab turlarga bo'linadi. Masalan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lganligiga qarab ularni ayblov tomoni deb ta'kidlasak, hirnoyachini himoya funksiyasini amalga oshirganligi bois uni himoya tomoniga kiritish munkin. JPK ga muvofiq jinoyat protsessi ishtirokchilari quyidagichadir: jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar; jinoyat protsessida o'z manfaatlarini va o'zgalar manfaatini himoya qiladigan shaxslar; jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari; jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar. Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar huquq me'yorlarini, protsessual majburlov choralarini qo'llaydilar, jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergov ishlarini olib boradilar, ishni uning mohiyatiga ko'ra hal qilish to'g'risida qaror chiqaradilar. Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari quyidagilar: - sud; -prokuratura; - dastlabki tergov organlari; - surishtiruv organlari. Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan mansabdor shaxsiar: - sudya va xalq maslahatchilari; - sud majlisi kotibi; - prokuror; - tergov boshqarmasi, bolimi, bo'linmasi, gumhi boshlig'I va uning o'rifibosari, tergovchi; - surishtiruv organi boshlig'i va surishtiruvchi. Sud jinoyat-protsessual faoliyatning asosiy ishtirokchisi hisoblanadi. Jinoyat protsessida sudning asosiy vazifasi jinoyat ishlarni mazmunan ko'rish va hal qilish, ya'ni odil sudlovni amalga oshirish hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114- moddasiga muvofiq sud qarorlari (hukm, ajrim, qaror) barcha davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, tijorat tuzilmalari, jamoat birlashmalari, shuningdek, mansabdor shaxsiar, fuqarolar uchun majburiy bolib, O'zbekiston Respublikasining barcha hududida ijro etilishi lozirn. O'zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo'yicha odil sudlovni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo'yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi. Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi bo'yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo'yicha ishlarni ko'rib, ajrim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.12 KB
Ko'rishlar soni 275 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.12 KB
Ko'rishlar soni 275 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga