Jinoyat protsessi prinsiplarining tushunchasi, mohiyati va tasnifi

Jinoyat protsessi prinsiplarining tushunchasi, mohiyati va tasnifi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat protsessi prinsiplarining tushunchasi, mohiyati va tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat protsessi prinsiplarining tushunchasi, mohiyati va tasnifi Reja: 1.Jinoyat protsessining prinsiplari jinoyat ishlarini yuritishning asosiy tartibi. 2.Umumiy me'yor prinsipi. 3.Jinoyat protsessiga taaluqli maxsus prinsplar. «Prinsip» so'zining lug'aviy ma'nosi «asos», «negiz» ma'no- larini bildirib, lotin tilidagi «principium» so'zidan kelib chiqqan. «Prinsip» atamasi ijtimoiy fanlarda yetakchi fikr, faoliyatning asosiy qoidasi ma'nolarida qo'llaniladi. Jinoyat protsessida ham prinsiplar jinoyat sudlov ishlarini yuritishning umumiy g'oyalarini, adolatning umummajburiymezonlarini anglatadi. Jinoyat protsessining prinsiplari jinoyat ishlarini yuritishning asosiy tartibini belgilab, uning mohiyati va mazmunini ifoda etadi, uning eng muhim xususiyatlari va sifat jihatlarini, protsessual tartibga solish predmeti va usulini tavsiflaydi. Umumiy me'yorlari bo'lmish prinsiplar jinoyat huquqiy faoliyatda yuzaga keladigan barcha masalalaming ijobiy hal etilishini ta'minaydi. Protsessual huquqda ayrim me'yorlar o'rtasida muammolar yoki ziddiyatlar vujudga kelsa, prinsiplar vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ya'ni, jinoyat protsessining qoidalari o'rtasidagi ziddiyatlar va muayyan munosabatni huquqiy tartibga solishdagi «bo'shliqlar» prinsiplar yordamida bartaraf qilinadi. Prinsiplar o'z mohiyatiga ko'ra qat'iy buyruq - imperativ xususiyatga ega bo'lib, boshqa qoidalarga ko'ra ustunlikka va umummajburiy xususiyatlarga ega bo'ladi. Jinoyat protsessining mazmunga baho berishda, birinchi navbatda, prinsiplaming mazmuni hisobga olinishi bois jinoyat protsessual huquqining demokratik, insonparvar, adolatli va xalqchil bo'lishi bevosita prinsiplaning shu sifatlarga ega bo'lishini talab qiladi. Turli xilda nomlanishidan qat'iy nazar, Jinoyat-protsessual Kodeksida belgilangan prinsiplar yagona va yaxlit tizimni tashkil qilib, ular bir-biriga o'zaro uzviy aloqador va bog'liqdir. Har bir prinsip jinoyat protsessning muayyan jihatini aks ettirib, ulaning butun bir tizimi protsessning asosiy tavsifim ko'rsatib beradi. Yuridik adabiyotlarda jinoyat protsessming prinsiplari «Jinoyat protsessual huquqning prinsiplari», «Jinoyat- protsessual prinsiplar», «Jinoyat sudlov ishlarini yuritishning prinsiplari»deb ham nomlanadi. Jinoyat-protsessual prinsiplar o'z xususiyatlariga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: - Konstitutsiyaviy prinsiplar; -faqat jinoyat protsessiga taalluqli maxsus prinsiplar; -jinoyat protsessning barcha bosqichlarida amalda bo'ladigan prinsiplar; -jinoyat protsessning ayrim bosqichlarida amalda bo'ladigan prinsiplar. Konstitutsiyaviy prinsiplar jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan bir vaqtda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks ettirilgan prinsiplar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy jinoyat - protsessual prinsiplari qonuniylik; odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; sudyalarning mustaqilligi va ulaning faqat qonunga bo'ysunishi; odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish; shaxsning shani va qadr-qimmatini hurmat qilish; fuqarolarning huquq va erkinlikiarini muhofaza qilish; aybsizlik prezumpsiyasi; protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi prinsiplari hisoblanadi. Faqat jinoyat protsessiga taalluqli maxsus prinsiplar faqat Jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan prinsiplar hisoblanib, ularga jinoyat ishlarini nihoyatda va yakka tartibda ko'rib chiqish; jinoyat ishini qo'zg'atishning muqarrarligi; sudda jinoyat ishlarining oshkora ko'rilishi; haqiqatni aniqlash; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta'minlash; sudda ishlarni yuritishda tortishuv; dalillarni bevosita va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.75 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.75 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga