Jinoyatlarning oldini olish choralari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati

Jinoyatlarning oldini olish choralari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatlarning oldini olish choralari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatlarning oldini olish choralari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati Reja: 1.Jinoyatlarni oldini olish choralari 2.Taqdimnoma talablari 3.Xususiy ajrim talablari Jmoyat-protsessual Kodeksining 2- moddasida jinoyatlarning oldini olish jinoyat-protsessual qonun hujjatlarimng vazifasi deb belgilangan. Isbotlash burchi yuklatilgan mansabdor shaxslar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ayblash va hukm qilish uchun jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shart. Chunki jinoyatni isbotlashdan ko'ra uni sodir bolishiga sabab bo'lgan yoki imkoniyat yaratgan shart-sharoitlarni o'rganish va bartaraf qilish ko'proq samara beradi. I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining lkkinchi chaqiriq VI sessiyasida so'zlagan «Adolat - qonun ustuvorligida» deb nomlangan ma'ruzada: «Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning og'irligi va shafqatsizligi emas, baiki, birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog'li anglashiga bog'liq» ekanligini alohida ta'kidlaganlar. Jinoyatlarning oldini olish choralarini umumiy va maxsus choralarga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Agar umumiy choralar deganda, jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o'rganish, shuningdek, oila, millat va jamiyatning ushbu jinoyatga ta'sir etishini tahlil etish tushunilsa, maxsus choralar deganda esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarning oldini olish bo'yicha choralarini o'rganish anglanadi. Jinoyatning mavjudligi ikkita omil bilan belgilanadi.Bular: 1) uni sodir etish sabablari va shart-sharoitlari; 2) jinoyat sodir etilishiga olib kelgan vaziyatlar. Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar va tergov organlari ushbu omillarni o'rganishlari va aniqlashlari hamda ular u yoki bu jinoyatning sodir etilishi bilan qay darajada bog'liqlikni amqlashlari shart. Jinoyat protsessida jinoyat sodir etish sabablari va shart sharoitlarini aniqlash hamda belgilash bo'yicha protsessual tizim, shuningdek, ularning oldini olish bo'yicha choralar ishlab chiqilgan. Jinoyatlarni to'liq va tez ochish, aybdorlarni fosh etish hamda jazolash, qonunlarni to'g'ri va aniq qo'llash tergov harmda sud organlarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Boshlang'ich bosqichda jinoyatlarni har tomonlama va to'laqonli ochish natijasida tergovchi hamda prokuror jinoyat sodir etilishiga olib kelgan asosiy sabablarni aniqlashi hamda bu haqda davlat, tergov va jamoat organlariga taqdimnoma tarzida ma'lum qilishi, shuningdek, ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari haqida ularni xabardor qilishi kerak. Taqdimnoma jinoyatning sodir bolishiga sabab bo'lgan shart-sharoitlarni fosh etishga qaratilgan. Bundan tashqari unda jinoyatni fosh etish borasida shaxsning yuqori darajadagi ongi haqida aytiladi, jamoat birlashmalari rahbarlarining e'tibori jalb etiladi va hokazo. Taqdimnoma quyidagi talablarga javob berishi kerak: - jinoyat bilan bog'liq bo'lishi; - isbotlangan faktlardan iborat bolishi; - jinoyat sodir etilgan shart-sharoitlarning tavsifiga ega bolishi; - yangi jinoyatlarning oldini olish maqsadida bu shart-sharoitlarga barham berish choralarini belgilashi; - jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tegishli takliflar bo'lishi shart. Taqdimnoma yuridik kuchga ega bo'lgan protsessual hujjatdir. Uni bajarish muddati 1 oy. Taqdimnoma -jinoyatni aniqlash, ochish, isbotlash va fosh etish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.81 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.81 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga