Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni

Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni. R e j a : 1. Konstitutsiya-davlatning asosiy qonuni. 2.Konstitutsiyaning asosiy funksiyalari va barqarorligi. 3.O'zbekiston Konstitutsiyasining yuridik xususiyatlari. 4. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar tushunchasi, turlari va xususiyatlari. 5. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari,obyektlari va turlari. A d a b i yo t l a r: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2003. I.A.Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» T.93. I.A.Karimov « Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» T.96. U.T.Tojixonov «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi amalda». T.96. Urazaev Sh.Z. «Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasi». T.94. Saidov A.X. «Mustaqillik qomusi». T.93. Mualliflar jamoasi. «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish». T.2001. Konstitutsiya deganda davlat va jamiyat rivojining asosiy yo'nalishlarini va ularning tuzilishini belgilab beruvchi asosiy qonun tushuniladi. Konstitutsiya davlat va jamiyat hayotini tartibga keltiradigan eng oliy yuridik hujjatdir. Uning normalarida davlat siyosatining prinsiplari, shakl va uslublari, uni amalga oshirish mexanizmi mustahkamlanadi. Asosiy qonun o'z mohiyat - e'tibori bilan har qanday demokratik jamiyatning bosh belgilaridan biri bo'lib, unda inson, shaxs va jamiyatning huquqiy jihatlari, davlat hokimiyatining tuzilishi va uning idoralari faoliyatini tashkil etishning mezoniy qoidalari ifoda etiladi. «Konstitutsiya» tushunchasi lotincha «Constitutio» so'zidan kelib chiqqan bo'lib,o'rnatish, joriy etish ma'nosini bildiradi. Qadimgi Rim davlatida imperator tomonidan chiqarilgan alohida aktlarni shu nom bilan ataganlar.Bu aktlar boshqa aktlarga nisbatan manba bo'lib xizmat qilgan. Qadimgi vaqtlarda «Konstitutsiya» atamasi bilan huquqiy tomondan belgilab qo'yilgan davlat to'zumini atay boshlaganlar. Konstitutsiyalarning kelib chiqishi burjuaziya sinfining tarixan shakllanishi va kuchayib borishi bilan chambarchas bog'liqdir. Feodal iqtisodiy sharoit zamirida paydo bo'lib, rivoj topgan burjuaziya sinfi qirolning davlat va jamiyatni o'zboshimchalik bilan boshqarishiga qarshi chiqib, uning hokimiyatini Konstitutsiyaviy aktlar bilan, parlament faoliyati bilan cheklashga muvaffaq bo'ldi. Natijada davlatning tabaqalarining huquqiy holati Konstitutsiyaviy aktlarda mustahkamlab qo'yildi. 1787 yilda AQSH Konstitutsiyasi qabul qilindi va u shu kungacha amal qilib kelmoqda. 1791 yilda Pol'sha davlati Yevropada birinchi bo'lib, o'z Konstitutsiyasini qabul qildi. Pol'sha bilan deyarli bir paytda Fransiya ham o'z Konstitutsiyasini qabul qildi. Qulchilik va feodalizm davlatlari qullar va dehqonlarni jismoniy kuch, zo'rlik ishlatish orqali mehnat qildirgan bo'lsalar, burjua davlati o'z hokimiyatini o'zi qabul qilgan Konstitutsiya va qonunar orqali amalga oshirdi. Burjua davlatlari o'zlarining siyosiy maydonga chiqqanligini fuqarolari va butun dunyoga deklaratsiya orqali ma'lum qilganlar. Jumladan, AKShning 1776 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi; Fransiya burjua revolyutsiyasining 1793 yilgi Fuqaro va insonlarning huquqlari deklaratsiyasi shunday deklaratsiyalardan bo'lib hisoblanadi. Mazkur deklaratsiyalar, aslini olganda, Konstitutsiyalar tuzilishining dastlabki ko'rinishi bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi chinakam demokratik Konstitutsiyadir, u tarixda sinalgan umuminsoniy huquqiy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan. O'zbekiston Konstitutsiyasi eng rivojlangan, taraqqiy etgan demokratik davlatlarning yuridik tajribasi va jahon Konstitutsiyaviy amaliyotiga tayangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.49 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga