Konstitutsiyaviy huquq fanining paydo bo'lishi

Konstitutsiyaviy huquq fanining paydo bo'lishi

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiyaviy huquq fanining paydo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiyaviy huquq fanining paydo bo'lishi Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimining mustaqil sohasi va alohida fan sifatida XVII asrning oxirida paydo bo'lib, ushbu fanning asosiy g'oyalari va institutlari o'ziga xos tarixiy taraqqiyot yo'liga ega. «Konstitutsiya» atamasi lotincha so'zdan olingan bo'lib, o'rnatish, belgilash degan ma'nolarni anglatadi hamda u o'zining uzoq tarixiga ega. Dastlab «konstitutsiya» iborasi siyosiy tuzum ma'nosini anglatib, XVII asrda Fransiyada ushbu atama renta hamda renta shartnomasiga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik Konstitutsiya so'zi o'zining asl ma'nosiga qaytib, ushbu atama bilan huquqiy tomondan belgilab qo'yilgan davlat tuzumi nomlana boshlagan. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida esa «Konstitutsiya» iborasi orqali «davlatning ahvoli» ifodalangan. O'rta asrlarda Sharqda Konstitutsiya iborasining aynan o'zi bevosita ishlatilmagan bo'lsada, lekin XV-XVI asrlarda Amir Temur va Temuriylar davlatining asosiy xususiyatlarini o'zida aks ettiruvchi Temur tuzuklari sharqona huquqiy madaniyatga monand konstitutsiyaviy hujjat edi. Konstitutsiyaviy huquqning paydo bo'lishiga va taraqqiyotiga bir qator konstitutsiyaviy ahamiyatga molik hujjatlar katta ta'sir ko'rsatgan. Bunday hujjatlar jumlasiga 1215 yilda Angliyada qabul qilingan «Erkinliklarning buyuk Xartiyasi», 1697 yilgi «Xabeas korpus akt» («Habeas Corpus Act») va boshqa bir qator hujjatlar kiradi. Yuqorida sanab o'tilgan hujjatlar hozirgi kunda ham Buyuk Britaniyada amaldagi konstitutsiyaviy hujjatlardan bo'lib hisoblanadi. Shunday qilib, konstitutsiyaviy huquq fani o'ziga xos tarixiy taraqqiyot davomida vujudga kelgan. Konstitutsiyaviy huquqning shakllanishida bir qancha omillar ta'sir ko'rsatgan. Bunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi. Birinchidan, dastlabki konstitutsiyaviy ahamiyatga molik hujjatlar. Masalan, AQSHning 1776 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi va 1789 yilgi Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasini misol qilib ko'rsatish mumkin. Amerikaning Mustaqillik Deklaratsiyasida ilk bor «Xalq davlat hokimiyatning manbaidir» degan konstitutsiyaviy qoida mustahkamlangan edi. Fransuz Deklaratsiyasining 16-moddasida esa «Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari va hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipiga ega bo'lmagan xalq konstitutsiyasiga ega bo'lmaydi», deb ta'kidlangan. Ikkinchidan, insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli va umuminsoniy huquqiy qadriyat hisoblanadigan huquqiy nazariya va ta'limotlar. Masalan, inson huquqlarining tabiiy ajralmas ekanligi to'g'risidagi ta'limot konstitutsiyaviy huquqning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Tabiiy huquq konsepsiyasi AQSHning Mustaqillik Deklaratsiyasida hamda Inson va fuqaro huquqlari Fransiya Deklaratsiyasida qonuniy ravishda mustahkamlangan edi. Hozirgi kunda inson huquqlari konstitutsiyaviy huquqning (predmetini) tashkil etuvchi asosiy masalalardan biridir. Uchinchidan, dunyoda buyuk mutafakkirlarning davlat va huquqqa oid qoldirgan ulkan ilmiy-huquqiy merosi. Bunday olimlardan fransuz mutafakkiri Sharl Lui Monteskyeni ko'rsatish mumkin. U o'zining «Qonunlar ruhi» asarida hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqining asosiy tamoyillaridan hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipini ilmiy va amaliy jihatdan asoslab bergan. Sharqning buyuk qomusiy allomalari Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiylar tomonidan bildirilgan davlat va huquqqa oid fikrlar ham Sharqda konstitutsiyaviy ta'limotlarni shakllanishida katta rol o'ynagan. To'rtinchidan, turli davlatlarning konstitutsiyaviy qonunchiligi va amaliyoti. XVII-XIX ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.63 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.63 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga