Huquqning manbalari Reja: 1. Huquqning manbalari (shakllari) tushunchasi 2. huquqiy odat 3. Huquqiy pretsedent 4. Normativ-huquqiy aktlar 1. Huquqning manbalari (shakllari) tushunchasi Yuridik adabiyotlarda e'tirof etilishicha, huquqning manbai deganda umumiy ma'noda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquq tushunchasida maxsus huquqiy mazmunnigina emas, balki uning mavjud bo'lishining ichki shaklini ham tushunmoq lozim. Huquqning manbaari (shakllari) tushuncha sifatida huquqning davlat bilan bog'likdigani bevosita ifodalaydi. Agar huquqning mazmuni bo'lib umumiy yurish-turish qoidalari yig'indisi hisoblansa, uning ichki shakli har bir alohida huquq normasining tashkil topish usullari va barcha huquq normalarining bir tizimga birlashishidir, uning tashqi shakli yoki huquqning manbai esa, davlat erkini o'ziga xos hujjatlashtirish, shakllantirish usullari yig'indisidir. Huquqning manbai tushunchasini uni tashqi ifodalash shakli nuqtai nazaridan tahlil qilganda, normalar hokimiyat tepasida turgan, xalqning, biror-bir sinfning yoki guruhning manfaatlarini ifodalovchi ma'lum bir siyosiy kuchning erkining qonun darajasiga ko'tarilgan ifodasidir. Davlat hokimiyatini tashkil qiladigan va huquqni yaratadigan kuch sifatida maydonga chiqadigan jamiyatning moddiy shart-sharoiti, moddiy ma'noda huquqning manbai tushunchasini anglatadi. Shakl doimo mazmunga ega bo'lishi kerak, agar u mazmunga ega bo'lmasa, o'z qadr-qimmatini yo'qotadi. Bizni birinchi o'rinda huquqning manbai sifatida shaqlan huquqiy odat, huquqiy pretsedent, normativ-huquqiy akt, normativ shartnomalar qiziqtiradi. Yuridik adabiyotlarda keltirib o'tilishicha, huquqning shakllari quyidagi o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi: u fuqarolar erkini normativ mustahkamlashi zarur; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy bazis bilan belgilanadi; xalqning manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy hokimiyatni ta'minlashi zarur; manfaatlarni ifodalashning eng demokratik shakli sifatida qonunlar ahamiyatini tasdiklashi kerak. 2. huquqiy odat Tarixan huquqning dastlabki manbai (shakli) bo'lib huquqiy odat hisoblanadi. Huquqiy odat - uzoq davr mobaynida amalda bo'lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki ma'lum bir guruh, sinf yoki butun jamiyatning manfaatlariga javob bera oladigan va davlat tomonidan sanksiyalangan odatgana huquqiy odat bo'lishi mumkin. Huquqning manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o'rni turli davlatlarda turlicha bo'lgan. Hozirgi davrda huquqiy odatning roli va ahamiyati uncha katta emas va u kamdan-kam holatlardagina qo'llaniladi. Quyidagi huquqiy yodgorliklarni huquqiy odatga misol tariqasida keltirib o'tish mumkin: Hammurapi qonunlari, Manu qonunlari, XII jadval qonunlari va boshqalar. 3. Huquqiy pretsedent Huquqiy pretsedent - lot. praecedens - «avvalgisi, oldingisi» ma'nosini anglatadi. Sud yoki ma'muriy organning yozma yoki og'zaki qarori, kelgusida barcha shunga o'xshash ishlarni ko'rib chiqish va hal qilish uchun asos bo'ladigan namuna, etalon, norma sifatida qabul qilinsa, u pretsedent bo'ladi. Shunday qilib, ma'lum bir ish bo'yicha qabul qilingan qaror huquqiy norma sifatida tan olinadi. Huqo'qiy pre-sedent umumiy (anglo-sakson) huquqiy tizimi amalda bo'lgan davlatlar - ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.18 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.18 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: doc