Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari Konstitutsiyaviy huquq normalarini hayotga tadbiq etish jarayonlarida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar deb, Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarning ishtirokchilari konstitutsiyaviy huquq normalari tomonidan o'rnatilgan huquq va majburiyatlar bilan o'zaro bog'langan bo'ladi. Uning ishtirokchilari o'zaro yuridik aloqada bo'ladi, chunki ular kishilar ongiga bog'liq bo'lib, davlat organlari tomonidan ta'minlanadi, himoya qilinadi, kafolatlanadi. Yuridik adabiyotlarda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmuni masalasida turli xil qarashlar mavjud. Qator davlatshunos olimlarning nuqtai nazarida konstitutsiyaviy huquq normalari muayyan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va davlat tuzilishining siyosiy tashkil etilishining asosiy tomonlarini belgilaydi va tartibga soladi. Boshqa davlatshunos olimlar esa konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, deb ta'kidlaydilar. Birinchi nuqtai nazar mualliflarining qarashlari o'ta mavhum. Chunki ular konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmunini juda keng tushunishlari oqibatida uning haqiqiy mazmunini aniq ochib bera olmaganlar. Ikkinchi nuqtai nazar o'ta aniq bo'lishiga qaramasdan, juda tor dunyoqarash bo'lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar ahamiyatlilik darajasi pasaytirib yuborilgan. Bu xildagi dunyoqarash amalda mavjud davlat tuzilishini takomillashtirish yoki rivojlantirishda qarama-qarshilikka olib keladi. Shunday qilib, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning yuridik mazmunini, munosabat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari tashkil etadi. Bu munosabatlar asosan davlat va jamiyat tuzilishini mustahkamlash, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish tizimi va shakllari bilan bog'liqdir, shuning uchun ham konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar huquq tizimida xal qiluvchi o'rinda turadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, bu munosabatlarda ishtirok etuvchilarning, ya'ni subyektlarning maxsus doirasini guruhlarga bo'lib o'rganish tavsiya etiladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1. O'zbekiston xalqi. O'zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida, Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi mustahkamlangan, 9-moddasida esa jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga ya'ni ovozga (referendumga) qo'yilishi mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida gi 1991 yil 18 noyabrda va 2001 yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan qonuniga binoan, O'zbekiston Respublikasining referendumi - davlat hayoti va ijtimoiy hayotining eng muhim masalalari bo'yicha, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining qonunlarini va o'zga qarorlarni qabul qilish, ularga o'zgartirish kiritishda jamoatchilik fikrini aniqlash uchun, umumxalq ovoziga qo'yilishi, bo'lib, xalq hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish vositasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar O'zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo'ladi va faqat referendum o'tkazish yo'li bilan bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin. Misol uchun 2002 yil 27 yanvardagi referendumda esa, kelgusi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Parlamentini ikki palatali qilib saylash va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib, o'zaytirishga oid masalalar yuzasidan o'tkazilgan referendumni keltirish mumkin. Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning ikkinchi shakli; Davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda xalqning o'z vakillari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.93 KB
Ko'rishlar soni 319 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.93 KB
Ko'rishlar soni 319 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga