Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar tushunchasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari Konstitutsiyaviy huquq huquqiy tizimning muhim sohasi bo'lib hisoblanadi. Bu huquq sohasida umumiy huquqqa tegishli bo'lgan belgilar bilan bir qatorda ushbu huquq sohasini boshqa huquq sohalaridan ajratib turuvchi o'ziga xos xususiyatlar ham mavjud. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar deb, Konstitutsiyaviy huquqning predmetini tashkil qiluvchi muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarga aytiladi va ular barcha normalarga tegishli bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Boshqa huquq normalari singari, ular ham davlat nomidan chiqariladi, umummajburiy qoidalarni o'rnatadi, davlat tomonidan himoya qilinadi, ularning bajarilishi ta'minlanadi va kafolatlanadi. Ammo konstitutsiyaviy huquq normalari boshqa huquq sohalari normalaridan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lib, ular o'zlarining maqsad va vazifalari bilan ajralib turadi. Huquq sohalari bir-biridan o'zining tartibga solish munosabatlari turi bilan farqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq - davlat hokimiyati tashkil etilishini mustahkamlovchi, jamiyatning bugungi kuni va kelajagini belgilovchi, jamiyat va shaxs munosabatlarini tartibga soluvchi inson va fuqarolarning huquqlarini hamda davlatning ma'muriy-hududiy tuzulishini belgilovchi davlat organlari tizimi va ular faoliyatining eng muhim jihatlarini mustahkamlovchi huquqiy normalar yig'indisidir. Bu ta'rifga muvofiq qaysi huquqiy normalar o'z mazmuniga ko'ra konstitutsiyaviy huquqqa tegishlimi yoki tegishli emas ekanligini aniqlash mumkin. Agar huquqiy norma O'zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy tuzumiga, fuqarolarning huquqiy holatiga aloqador bo'lsa, ularning asosiy huquqlari va erkinliklarini belgilab bersa, demak bunday normalar konstitutsiyaviy huquqiy normalar bo'lib hisoblanadi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan Mustaqilligi deklaratsiyasi konstitutsiyaviy huquqiy normalar jumlasiga kiradi. Chunki unda O'zbekistonning mustaqil demokratik davlat ekanligi, mamlakat hududining hamma tarkibiy qismlarida va barcha barcha tashqi munosabatlarida tanho hokimligi, davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqining muhokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi mumkin emasligi, Respublikada davlat hokimiyatining uning hududidagi barcha tarkibiy va bo'linmas qismlari ustidan amalga oshirilishi va shu hududlarda yashaydigan aholiga taalluqli ekanligi mustahkamlangan. Shuningdek, Deklaratsiyada O'zbekiston o'zining taraqqiyot yo'lini, o'z nomini belgilashi, davlat ramzlari-gerb, bayroq, madhiyasini o'zi ta'sis etishi belgilangan. Agar huquqiy normada O'zbekistonning davlat tuzilishi mustahkamlansa, O'zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy maqomi belgilansa, bu normalar ham konstitutsiyaviy huquq normasi hisoblanadi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-bobi Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy holatini belgilab bergan. Unda, Qoraqalpog'iston Respublikasining O'zbekiston tarkibiga kirishi, uning suverentligi O'zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etilishi, Qoraqalpog'iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o'zgartirilishi mumkin emasligi, ma'muriy-hududiy masalalarni mustaqil hal qilishi hamda O'zbekiston tarkibidan uning halqining roziligi bilan ajralib chiqish huquqi, referendum asosida amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasining o'zaro munosabatlari Konstitutsiya doirasida tuziladigan shartnomalar va bitimlar orqali tartibga solinishi mustahkamlangan. Mana shunday qoidalarning Konstitutsiyada belgilanishining ilmiy tahlili konstitutsiyaviy norma hisoblanadi ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.9 KB
Ko'rishlar soni
312 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.9 KB
Ko'rishlar soni
312 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: doc