Nikohni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish ishlarini protsessual xususiyatlari

Nikohni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish ishlarini protsessual xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Nikohni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish ishlarini protsessual xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Nikohni bekor qilish va nikohni haqiqiy emas, deb topish to'g'risidagi ishlarni ko'rishning protsessual xususiyatlari Nikohdan ajartish to'g'risidagi ishlarni sudda va sudsiz ko'rish asoslari .- Ko'p yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi qadimdan ota-bobolar an'analariga sodiq bo'lgan holda axloq tamoyillariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va bolalar manfaatlarini har tomonlama mu-hofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli bolalikni ta'minlash, kishilarda oila oldida mas'ul bo'lish hissini tarbiyalash - nikoh va oila to'g'risidagi qonunchilikning muhim vazifalaridan biri hisoblangan. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 37-moddasida belgi-langanidek, nikoh yer-xotinning hayotligida ulardan biri yoki har ikkisining arizasiga muvofiq| ajralish yo'li bilan tugatilishi mumkin. Sud ajralish to'g'risida ariza bergan yer va xotinni yarashtirish uchun barcha choralarni ko'rishga majbur. Bunday toifadagi ishlarni ko'-rishda sudlar Ularning daxlsizligiga, milliy xususiyatlarga e'tibor berishlari lozim. Amaldagi nikohdan ajralish to'g'risidagi qonunlarni shariat huquqiy me'yorlariga to'g'ri kelishini quyidagilardan anglash mum-kin. Masalan, shariatga ko'ra, oila nikoh qilish bilan tuzilishi va agar yer-xotinlardan birontasining vafot qilishidan boshqa qandaydir sabablarga asosan hayotligida ajralishga to'g'ri kelsa, taloq qilish bilan buzilishi ko'rsatilgan. Sud yer-xotinning kelgusida birgalikda oilaviy turmush qurish va oilani saqlab qolishjmkoniyati yo'q, deb topgandagina nikohdan ajratilishi mumkin.Voyaga yetmagan farzandlari bo'lmagan yer va xotinning ajralishlikka o'zaro roziliklari bo'lgan taqdirda, agar ular o'rtasida mulk to'g'risida va bir-birlarining ta'minoti uchun aliment undirilishi to'g'risida da'vo bo'lmasa, nikoh fuqarolik holati dalolat-nomalarini qayd qilish organi (FHDY)da bekor qilinishi mumkin. Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan, deb topilgan shaxslar, ruhiy kasatlik yoki aqli zaif bo'lganligi tufayli muomalaga layoqatsiz, deb topilgan shaxslar, shuningdek, kamida uch yiJ muddatga ozod-likdan mahrum etilishiga hukm qilingan shaxslar bilan bo'lgan nikoh ham fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organ-larida, ammo nizo bo'lgan taqdirda, bunday nikoh sud tartibida ko'rib, hal qilinadi. Demak nikohdan ajralish to'g'risidagi ishlar ikki guruhga: birin-chidan, nizosiz bo'lganligi tufayli fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ko'riladigan ajralish to'g'risidagi ishlar va ikkinchidan, ajraluvchilar o'rtasida nizo bo'lgani tufayli umumiy da'vo ishi tartibida sudda ko'riladigan ajralish to'g'risidagi ishlarga bo'linadi. Ajralish to'g'risidagi ishlarning ikki guruhga bo'linishiga asos - yer va xotinning ajralishga bo'lgan huquqlarini nizoli yoki nizosiz (ma'muriy tartibda) bo'lishidir. yer va xotin ajralishga bo'lgan huquqlarini fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ikki holda: birinchidan, ajralish uchun yer va xotinning o'zaro rozi bo'lganlarida va ikkinchidan, ajraluvchi yer va xotinning voyaga yetmagan farzandlari bo'lmaganida amalga oshiradilar. Ajralishga bo'lgan huquqning nizosiz bo'lishi tufayli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ajralish huquqini beradigan boshqa yuridik faktlar ham bor. Bunday ishlarning ayrim-larini alohida tartibda ko'riladigan ishlar turkumiga kiritsa ham asosli bo'ladi. Bular quyidagilar: birinchidan, yer yoki xotinning belgilan-gan tartibda, bedarak yo'qolgan, deb topilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 267 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga