Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining vakolatlari

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining vakolatlari

O'quvchilarga / Huquq
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining vakolatlari - rasmi

Material tavsifi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining vakolatlari xalqaro tajribadan parlament qonunchilik, moliya, tashqi siyosat, ijro, ma'muriy (ba'zi ijro organlari mansabdor shaxslarini tayinlash, ijro organlari ustidan nazorat va h.k.), sud (ba'zi sudyalarni saylash va h.k.), konstitutsiyani qabul qilish va unga o'zgartishlar kiritish vakolatlariga egaligini ayon bo'ladi.[35] Konstitutsiya va «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunida Qonunchilik palatasinining vakolatlari ikki turga ajratiladi. Bular O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi hamda Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlaridir. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining X sessiyasida (2002 yil 12 dekabr) «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida» va «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Qonunchilik palatasining Senat bilan birgalikdagi vakolatlari quyidagicha belgilandi: 1) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish; 2) O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish; 3) O'zbekiston Respublikasining referendumini o'tkazish to'g'risida va uni o'tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; 4) O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 5) O'zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash; 6) O'zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O'zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 7) boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo'li bilan tartibga solish; 8) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish; 9) soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni joriy qilish; 10)O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo'li bilan tartibga solish, chegaralarini o'zgartirish; 11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o'zgartirish; 12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish; 13) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo'mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash; 14) O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 15) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko'rib chiqish va tasdiqlash; 16) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili va uning o'rinbosarini saylash; 17) O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining hisobotini ko'rib chiqish; 18) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug'ilganda urush holati e'lon qilish to'g'risidagi farmonini tasdiqlash; 19) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash; 20) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish; 21) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.11 KB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.11 KB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga