Otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarni sudda ko'rishning protsessual xususiyatlari Otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarni qo'zg'atish Otalikni sud tartibida belgilash da'vo ishi va alohida tartibda ko'riladigan ishlarga oid qoidalar bo'yicha amalga oshiriladi. Otalikni sud tartibida belgilashning moddiy-huquqiy oqibatlari birdek bo'lsa ham, bu uch turkumdagi ishlarning har qaysilari o'ziga xos protsessual va moddiy-huquqiy ta'rifga ega. Ularning sudda ko'-rilishida turli daliliy holatlar belgilanadi, shu bilan birga, sudga murojaat qilish uchun bo'lgan huquq asoslari, isbotlash predmeti, sud qarori ham har xil bo'ladi. Otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarni qo'zg'atish uchun umumiy asos: bolaning ota-onalari o'rtasida nikohni qayd qilish organlarida rasmiylashtirilgan nikohning yo'qligi bo'ladi. Alohida tartibda ko'riladigan ariza bilan murojaat qilinganida sudya ishni qo'zg'atishda qanday faktning belgilanishi kerakligini aniqlaydi. Bolaning tug'ilishi vaqtida nikohni qayd qilish organida bolaning otasi to'g'risida yozilgan yozuv alohida protsessual ahamiyatga ega. Bolaning tug'ilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinishi, qoida bo'yicha bolaning muayyan ota-onadan tug'ilganligini isbotlovchi dalil bo'lib ko'riladi. Ota-onalar bilan bolalar o'rtasida huquq va burchlarning vujudga kelishi faqat nikohning qayd qilinishi bilangina emas, balki nikoh bo'lmaganida otalikning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinish fakti bilan bog'liq bo'ladi. Otalikni belgilash to'g'risidagi ariza qabul qilinishjda otalik haqidagi yozuv tekshiriladi. Bolaning tug'ilganlik haqidagi guvoh-nomasida ota haqidagi ma'lumotlarning bo'lishi arizani rad etishga olib keladi. Nilohda bo'lmagan shaxslardan bolaning tug'ilishida otalik, agar ota-onalar otalikni belgilash to'g'risida birgalikda FHDY organiga ariza bermagan bo'lishsa, sud tartibida belgilanishi mumkin, bunday holat bolaning ota-onalari o'rtasida nizo bo'lganida, ya'ni' ota-onalardan birining qarshi bo'lishi yoki uni otalikni tan olish to'g'risida FHDY organiga birgalikda ariza berishdan bosh tort-ganida yuz berishi mumkin. Aksariyat hollarda otalikni belgilash to'g'risidagi da'vo arizalari aliment undirish to'g'risidagi talablar bilan birga qo'shib beriladi. Da'vo arizasi FPKning 148-149-moddalariga muvofiq, sudga yozma shaklda beriladi. Arizada da'vogarning bir yoki birga qo'shilgan bir necha da'volari bayon etHgan bo'lishi mumkin. Bunday arizani qabul qilish yoki qabul qilmaslik huquqi sudga berilgan. Bu turkumdagi ishlarning sudyaning tashabbusi bilan qo'zg'atilishi erkin huquq tamoyiliga muvofiq kelmaydi, chunki bunday da'-volarni qo'zg'atish-qo'zg'atmaslik huquqi taraflarning o'zlariga berilgan. Sudya bunday hollarda manfaatdor shaxslarga aliment undirish uchun otalikni belgilashning ahamiyatini tushuntirishni va otalikni belgilash to'g'risidagi talabni sudsiz tarzda rasmiylash-tirishni taklif qilishi kerak. Otalikni belgilash to'g'risidagi da'volar FPKning 241 -moddasiga muvofiq, javobgarning ham, da'vogarning ham turar joyi bo'yicha, ya'ni muqobil sudlovlik qoidalari bo'yicha qo'zg'atilishi mumkin. Otalikni alohida ish yuritish tartibida belgilash to'g'risidagi ariza FPKning 284-moddasiga asosan yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni belgilash to'g'risidagi arizalar kabi, ariza beruvchining turar joyidagi sudga beriladi. Oila kodeksining 62-moddasiga muvofiq, otalikni belgilash to'g'risidagi ariza bilan sudga bolaning ota-onalaridan biri yoki vasiysi ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.96 KB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.96 KB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc