O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilinishi va yangi Konstitutsiyani qabul qilish

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilinishi va yangi Konstitutsiyani qabul qilish

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilinishi va yangi Konstitutsiyani qabul qilish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining elon qilinishi va yangi Konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati. 1917 yil fevral inqilobidan keyin, Sovetlar imperiyasini o'rnatgan bolsheviklar Turkistonda 1918 yildan boshlab o'z mustamlakachilik siyosatini, yangi-yangi hujjatlar qabul qilish usullari bilan amalga oshira boshlaganlar. O'rta Osiyo xalqlaridagi milliy g'urur va mustaqil davlatchilikka intilish ruhini yo'q qilish maqsadida, yerlik xalqlar tarixi soxta ma'lumotlar bilan yaratilgan. Mustaqillik, ozodlik uchun kurashgan ota-bobolarimiz millatchilik, panislomizm, panturkizm harakati deb qoralangan. Shuningdek, kommunistik partiya olib borgan siyosat tufayli millionlab begunoh kishilarning qatag'on qilinishiga, qonunsiz, sudsiz yo'q qilib yuborilishiga shart-sharoitlar yaratilgan. Shunga qaramasdan, O'zbekiston xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashini to'xtata olmaganlar. 1989 yil O'zbekiston SSR Markaziy Qo'mitasiga rahbar bo'lib kelgan I.A.Karimov O'zbekiston xalqining asriy istiqlol orzularini ro'yobga chiqardi. O'zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishida, avvalo, 1990 yil 24 mart kuni Sobiq Ittifoq Respublikalari ichida birinchilardan bo'lib Prezidentlik lavozimining joriy etilishi muhim ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mustaqillik g'oyalarini tezkorlik bilan amalga oshishi uchun shart-sharoitlar yaratib berdi. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengash yig'ilishi chaqirilib, O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u o'zbek davlatchiligi tarixidagi birinchi tinch yo'l bilan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi to'g'risidagi hujjat edi. Unga ko'ra, o'zbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb o'z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib o'zining Mustaqillik Deklaratsiyasini elon qildi. Va bundan buyon O'zbekiston o'zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o'z taraqqiyot yo'lini, o'z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o'zi tasis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga malum qildi. O'zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy yangilanish istiqbollari rejalarini belgilab berdi. Batamom mustaqillikni qo'lga kiritish uchun malum bir vaqt talab qilinar edi. Chunki Sobiq Ittifoq Markazida bunga qarshi juda katta kuchlar tayyor bo'lib turar edi. Mana shunday og'ir bir vaziyatda: taqdir I.A.Karimov zimmasiga jamiyatning murakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat huquqi masalalarini hal qilishga davat etilgan, uning qayta o'zgartiruvchisi bo'lishdek nihoyatda og'ir vazifani yukladi. Shunday vaziyatda ham I.A.Karimov o'zini buyuk rahbar sifatida ko'rsatdi.[3] Davlat va jamiyat hayotidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish kechiktirib bo'lmas ahamiyatga ega edi. Chunki o'sha vaqtlarda SSRning taqdiri hal bo'layotgan edi. Markaz rahbarlari xalqni har xil siyosiy yo'llar va kuch bilan qo'rqitib, Ittifoqni saqlab qolishga harakat qilayotgan edilar. Shunga qaramasdan 1991 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.44 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.44 KB
Ko'rishlar soni 190 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga