O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual huquqining prinsiplari Reja: 1. Fuqarolik protsessining demokratik prinsiplarga asoslanishi 2. Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplari tushunchasi va tizimi Fuqarolik protsessining demokratik prinsiplarga asoslanishi Amaldagi qonunlar Konstitutsiya asosida fuqarolarga berilgan huquqlar bilan bir qatorda, tegishli burchlarni ham bajarish lozim-ligini qayd qiladi. Masalan, protsessual qonunchilikda fuqarolarga erkin huquq tamoyillari bilan bir qatorda, shu huquqlarni asos-lash, tasdiqlash, isbotlash (tortishuvchilik) qoidasiga rioya qilgan holda faoliyat yuritish lozimligi ham belgilangan. Demak, huquq bor joyda burch bo'lishi zaruriy talab bo'lib, jamiyatda shaxsning tutgan o'rni, mavqeyi faqat huquq bilangina emas, shu bilan birga, burch bilan ham belgilanadi. Har bir fuqaroning qonunda belgilangan huquqlarini bajar-masligi muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu ularda qonunlarni bajarish mas'uliyatini oshiradi. Fuqaro o'ziga berilgan erkinlik bilan bir qatorda, unga yuklatilgan mas'uliyatni ham sezishi zarur. Fuqarolik huquq va burchlari O'zbekiston qonunlarida nazarda tutilgan tamoyillardan, shuningdek, fuqarolar va tashkilotlarning qonunda nazarda tutilmagan bo'lsa-da, fuqarolik qonunlarning mazmunidan, fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltiradigan harakatlardan kelib chiqishi Fuqarolik kodeksida bayon qilingan. Amaldagi qonunlarda O'zbekiston Respublikasi o'z fuqarolariga berilgan asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashi bilan birga, ularga nisbatan muayyan burchlarni yuklashi qonunning ustu-vorligi, unga hurmat nuqtayi nazari bilan qarab, ijro qilish zarurligi nazarda tutilgan. Fuqarolarning asosiy burchlari Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o'z ifodasini topgan bo'lib, ularda fuqarolar Konstitutsiyaga rioya qilish bilan birga, undagi har qanday qoidalar buzilishining oldini olishi, boshqa shaxslarning qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur ekanligi o'z ifodasini topgan. Huquqi buzilgan manfaatdor shaxs uni tiklash maqsadida sudga murojaat qilishga haqli ekanligi ham ta'kidlangan (FPKning 1-moddasi). Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplari tushunchasi va tizimi Fuqarolik protsessining prinsiplari deb, fuqarolik pxotsessual huquqining asosiy, rahbariy qoidalariga aytiladi. O'zining mazmuni bo'yicha bu prinsiplar sudning fuqarolik ishlarini ko'rish va hal qilish borasidagi vazifalari va faoliyati to'g'risidagi prinsiplar bo'lib ko'riladi. Protsess prinsiplari tizimi «Sudlar to'g'risida»gi Qonunda va fuqarolik protsessual huquqi me'yorlarida ifodalangan bo'lib, amalda tatbiq etilishi yuzasidan bir-birlari bilan o'zaro uzviy bog'liq holda ikki guruhga: birinchidan, sud tuzilishi hamda sud ishlarini yuritishga oid umumiy prinsiplarga va ikkinchidan, faqat sud ishlarini yuritishga xos maxsus prinsiplarga bo'linadi. Protsessual huquqning konstitutsiyaviy prinsiplari va ularning amalda bo'lishi kafolatJari to'g'risida to'xtalib, bu prinsiplarning o'zlashtirishni osonlashtirish maqsadlarida, awalo, yuqorida ko'r-satilgan birinchi guruhga oid prinsiplarni bayon etamiz. 1. Odil sudlovni faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi prinsipi. O'zbekiston Respublikasida odil sudlovni amalga oshirish vakolati maxsus tashkil etilgan davlat organlari - sudlarga topshi-rilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi berilganligi ko'rsatilgan. Fuqarolik huquqlari, asosan, sud organlari tomonidan himoya qilinadi. Shu bilan birgalikda, ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: doc