O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyati tashkiliy-huquqiy masalalari

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyati tashkiliy-huquqiy masalalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyati tashkiliy-huquqiy masalalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy huquqiy masalalari Darhaqiqat, qonun chiqaruvchi organ davlat mexanizmida asosiy o'rin tutishi isbot talab qilmaydigan hol. Buning sababi shundaki, u ijro etuvchi hokimiyat amalga oshirishi lozim bo'lgan va sud hokimiyatining faoliyati uchun qonunchilik asosi bo'lib xizmat qiladigan umummajburiy talablarni o'rnatadi. Shuningdek, Oliy Majlis nazorat-tahlil, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha faoliyat olib boradi[37]. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish Qonunchilik palatasi ishini to'g'ri tashkil etish masalalari bilan bevosita bog'liqdir. Qonunchilik palatasi vakolatlarining samarali bajarilishi ularning faoliyatini to'g'ri tashkil etilishini taqozo etadi. Qonunchilik palatasi ishini tashkil qilishning muhim jihatlaridan biri - bu deputatlar o'rtasida vazifalarning to'g'ri taqsimlanishidir. Bunday taqsimotning asosiy maqsadi har bir deputatlarning vazifalarini aniq-tiniq bo'lishiga erishishdir. Odatga ko'ra, boshqa davlatlarda ham vazifalar quyi palata tarkibidagi rahbar shaxslar va devon xodimlari borligini nazarda tutgan holda taqsimlanadi. Palataning yuqoridagi tarkibi chet davlatlar tajribasiga xos bo'lib, uning ishini unumli tashkil etishda raisning roli ayniqsa muhim. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri: Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma'qullash uchun Senatga yuboradi; Qonunchilik palatasi qo'mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; O'zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosarlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi; parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog'liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay'atlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi; Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi; Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko'radi; Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi; Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, deputatlar va Qonunchilik palatasi devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va h.k. Qonunchilik palatasi Spikeri o'zining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli. Qonunchilik palatasi Spikeri vakolatlarining kengligi uning o'rinbosarlari o'rtasida vazifalarini to'g'ri taqsimlashni taqozo qiladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig'iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yo'qligida yoki o'z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo'lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi degan qoida mustahkamlangan. Umuman, qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlarining vazifalarni bajarish Qonunchilik palatasi devoni xodimlari tomonidan qator tadbirlarni amalga oshirishini taqozo qiladi. Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.47 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.47 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga