O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiyaning 94-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan mamlakatning butun hududida majburiy kuchga ega bo'lgan farmonlar qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti o'z vazifalari va konstitutsiyaviy vakolatlarining amalga oshirish maqsadida ko'pqirrali huquq ijodkorligi faoliyatini yuritadi. Prezident butun O'zbekiston hududida bevosita amal qiladigan, majburiy kuchga ega bo'lgan uch xil normativ-huquqiy hujjat: 1) farmonlar; 2) qarorlar; 3) farmoyishlar chiqaradi. Farmon - aniq bo'lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli bo'lib, uzoq muddatga amal qiladi. Farmon - normativ-huquqiy hujjat. U huquqni ko'llash xususiyatiga ham ega bo'lishi mumkin va demakki, normativ mazmunga ega bo'lmasligi ham mumkin. Normativ mazmundagi farmonlar nashr etiladi, masalan u yoki bu shaxsni biror lavozimga tayinlash to'g'risida. Farmoyish - individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir. Prezident chiqaradigan hujjatlar uning o'zi tomonidan mustaqil chiqariladi. Prezident chiqaradigan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar Konstitutsiya va qonunlarga zid bo'lmasligi shart. Chunki ular Konstitutsiya va qonunlar asosida, ularni bajarish maqsadida chiqariladi. Prezident chiqargan normativ hujjatlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to'g'risidagi masala, zaruriyat tug'ilganda, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan hal qilinadi (Konstitutsiyaning 109-moddasi). Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha Konstitutsiyaviy sud butun hujjat yoki uning ayrim qoidalari konstitutsiyaviy yohud g'ayri konstitutsiyaviy ekanligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Shu tariqa Prezident aktlarining konstitutsiyaviy bo'lishi kafolati ta'minlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari qonun osti hujjatlari deb atalmaydi. Lekin ular Konstitutsiya va mamlakat qonunlariga zid bo'lmasligi shart (16-modda). Lekin Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan deyilgan konstitutsiyaviy bayon qilish, shuningdek, faqat qonun tomonidan tartibga solinadigan masalalar ro'yxatining Konstitutsiyada mavjud emasligi - Prezidentning huquq ijodkorligi faoliyatini keng talqin qilishga imkon beradi. Biror masalani qonun bilan tartibga solish mavjud bo'lmagan hollarda, Prezident oldindan ushbu masala yuzasidan normativ farmon chiqarishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xabarnomasi va shuningdek Respublika gazetalarida rasman e'lon qilinadi. ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.14 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.14 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc