O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy holati

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy holati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo'lib, ularda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir. Prezident huquqiy holati konstitutsiyaviy normalar bilan mustahkamlagan. Konstiutsiyada hokimiyatlarni o'zaro muvozanatini ta'minlashda Prezidentning o'rni beqiyos. Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida alohida o'ringa ega. O'zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida ichki vav tashqi siyosatda Prezidentning o'rni ancha oshdi. Boshqaruvning eng maqbul shakli sifatida e'tirov etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 2005 yil 7 fevralda Yangi tashkil etilgan ijro hokimiyati rahbarlari bilan bo'lgan uchrashuvda Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qo'rib bo'lmaydi ma'ruzasida mustaqillik yillarida kuchli ijrot hokimiyat zarurligi. O'zbekiston Prezidentlik boshqaruvidagi davlat ekanligi ta'kidlandi va uning afzalliklari to'g'risida gapirib o'tdi. Boshqaruvning prezidentlik shaklini yaratilishi ilk bor Fransiyaning 1958 yilgi Konstitutsiyasida amalga oshirildi. Prezidentlik boshqaruviga asoslangan davlatlarda prezidenlik instituti uning vakolatlari, saylanish tartibi va boshqa davlat organlar bilan bo'ladigan munosabatlarda farqlaishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91 moddasida Prezident o'z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo'lishi, tadbirkorlik faoliyati bilash shug'ullanishi mumkin emas. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladideb ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi « O'zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to'g'risidagi qonunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z vakolatlarini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq samarali amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog'lig'i holatiga ko'ra iste'foga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O'zbekiston Respublikasining eks-Prezidentiga zarur sharoitlar va kafolatlar yaratib berilgan. O'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab, o'z lavozimini bajarishga kirishadi. Qasamyod - tantanali va'da, Konstitutsiya va xalqqa xizmat qilish yuzasidan Prezident o'z lavozimiga kirishganda beradigan qasamyoddir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyodining matni Konstitutsiyaning 92-moddasida berilgan: O'zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament deputatlari oldida tantanali ravishda qasamyod qabul qiladi. Qasamyod qabul qilishda Prezidentning qo'l ostida Konstitutsiya matni bo'ladi. Prezident O'zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident qasamyod qabul qilishi bilan, davlat madhiyasi ijro etiladi. O'zbekistonda umumxalq saylovida saylangan Prezident I.A.Karimov birinchi bo'lib qasamyod qabul qildi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bo'lib saylansa, qasamyod takroran ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.44 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.44 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga