O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari Prezident konstitutsiyaviy vakolatlarining ko'lami uning davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig'i ekanligidan kelib chiqadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga uning davlat hokimiyati organlari tizimidagi ko'plab vakolatlarni beradi. Prezident faqat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o'rnatilgan vakolat doiralardagina faoliyat ko'rsatadi. Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari davlat va jamiyat hayoti faoliyatining eng muhim sohalarini qamrab oladi. Ko'pgina xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat boshlig'ining konstitutsiyaviy vakolatlari tarixiy rivojlanish bosqichlarining, shu davlatda istiqomat qilayotgan xalqlarning milliy kelib chiqish xususiyatlari va jug'rofiy joylashuvining ta'sirida turli xil belgilangan bo'ladi. Asosan, davlat boshlig'ining konstitutsiyaviy vakolat muddatlari diqqatga sazovordir. Masalan: AQSH, Rossiyada - 4 yil, Fransiya, Ukraina, Germaniya, Braziliyada - 5 yil, Meksika, Misrda - 6 yil, Italiya, Isroilda - 7 yil. Prezident vakolat muddatlarining bunday tartibda belgilanganligi yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, har bir millat va elatlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari bilan bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasida o'tkazilgan 2002 yil 27 yanvardagi referendum, mustaqillikdan keyingi davrning eng muhim O'zbekiston tarixida munosib o'rin egallaydigan davlat boshqaruvining takomillashtirish rejalarini belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II-chaqiriq sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan: O'zbekiston Respublikasining, Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risidagi Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati mustahkakmlangan: umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirish ovoz berish yo'li bilan saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati - yetti yil, deb belgilanganligi davlat boshlig'ining o'z xalqi oldiga qo'ygan vazifasini bajarish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Prezidentning asosiy vazifasi - davlatning birligini mamlakat ichida va tashqarisida namoyon qilishdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining quyidagi yo'nalishlarida uning konstitutsiyaviy vakolatlari yaqqol namoyon bo'ladi. 1. Avvalambor, O'zbekiston Prezidenti fuqarolar huquq va erkinliklarining kafilidir. Bu shuni bildiradiki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti inson huquqlarini himoya qilish mexanizmining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgar, biror sabab bilan ushbu huquq va erkinliklar amalga oshirilishi buzilgan hollarda tegishli choralar ko'rishga majbur. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning ta'sirchan mexanizmini yaratish, xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat organlari xodimlari va butun aholining inson huquqlari masalalari bo'yicha madaniyatini oshirish maqsadida, BMTning demokratiyalash, inson huquqlari va boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash borasidagi tavsiyalariga muvofiq, O'zbekiston Prezidenti 1996 yilning 31 oktabridagi farmoni bilan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazini tashkil qildi. Prezident inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan hamda aholining alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini, masalan pensionerlar, nogironlar va davlat tomonidan himoyaga muhtoj fuqarolarni muhofaza qilishga yo'naltirilgan qonunlar, farmonlar chiqarish orqali o'zining inson huquq va erkinliklarining kafili sifatidagi funksiyasini bajarib kelmoqda. 2. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir. Prezident o'z vakolatlarini ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.09 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc