O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi Prokuratura tizimi O'zbekiston Respublikasi miqiyosida Bosh prokurorga bo'ysinuvchi prokuratura organlari yig'indisidan iborat bo'lib, bu fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishining nazoratini ta'minlash bilan umumiy funksiyani amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi quyidagicha belgilangan: 1. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi. 2 . Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi. 3. Viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari. 4. Tumanlar va shaharlar prokuraturalari. 5. Viloyat prokuraturasiga tenglashtirilgan O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi. 6. Viloyat prokuraturasiga tenglashtirilgan O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi. 7. Tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar. 8. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi bo'linmalari. O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi qonunning 12-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimdan ozod etiladigan, keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tasdig'idan o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlari bo'lib, ular O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, keyinchalik Oliy Majlis Senati tasdig'idan o'tadilar. Bosh prokuraturada bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo'limlar tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, boshqarmalar, bo'limlarning boshliqlari, ularning o'rinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar bo'yicha katta tergovchilar, alohida muhim ishlar bo'yicha tergovchilar O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Qoraqolpog'iston Respublikasi prokurori Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir8. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar. Viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadilar va ozod etiladilar. O'zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari hisoblanadi. Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar. Ular O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo'ysinadilar va ularninng oldida hisobdordirlar. O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashkil etildi.Departamentga lavozimiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan Departament boshlig'i rahbarlik qiladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.17 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.17 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: doc