O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy holati

O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy holati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi maqomi alohida bobda mustahkamlangan (XVII bob). O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasida Suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasining suvereniteti O'zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi deyiladi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida Qoraqalpog'iston - O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik Respublikadir deb mustahkamlangan. 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog'iston Respublikasi tashkil topdi hamda 1993 yil 9 aprelda o'zining Konstitutsiyasini qabul qildi. Suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami sifatida e'lon qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati quyidagilarda o'z aksini topgan: - Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kirishi hamda ular o'rtasidagi o'zaro do'stona munosabatlarning huquqiy asosi; - Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z davlat ramzlariga ega ekanligini belgilaydi; - suveren hamda mustaqil davlat ekanligining kafili; - davlat va ma'muriy hududiy tuzilish masalalarini mustaqil hal qilishi; O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog'iston Respublikasining o'z Konstitutsiyasiga ega bo'lishligi, uning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo'lmasligi ko'rsatilgan. Shuni ta'kidlash joizki sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo'lsa o'sha davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritib bu adolatsizlikka chek qo'ydi. Qoraqalpog'iston suveren Respublikasi bilan mustaqil O'zbekiston Respublikasining bir-butun yaxlitligi mustahkamlangan.[30] Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida O'zbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hujjatlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida O'zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish huquqi belgilangan. 81-moddasida esa Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi raisining vakolatlari jumlasiga, O'zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini hayotga tatbiq etishni tashkil qiladi deyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. O'zbekiston fuqarolari uchun majburiy bo'lgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston hududida ham majburiydir.[31] Qoraqalpog'iston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishini uning o'zi ko'rib chiqadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasida Qoraqalpog'iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o'zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan, ovullardar iborat. O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatiga mos holda o'z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog'iston Respublikasining hududi bo'linmas va daxlsizdir. Qoraqalpog'istonda davlat tili - qoraqalpoq va o'zbek tillardir. Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida iste'qomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishi ta'minlanadi hamda davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z ramzlariga egadir. - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.14 KB
Ko'rishlar soni 526 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.14 KB
Ko'rishlar soni 526 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga