O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy funksiyalari O'zbekiston Respublikasi Hukumati - Vazirlar Mahkamasining vakolatlari va faoliyatining asosiy yo'nalishlari avvalambor O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo'yilgan. Jumladan, «Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlashi»[58] belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonunga asosan Hukumat, ya'ni Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini keltirish mumkin: - iqtisodiyot sohasidagi faoliyat; - ma'muriy - siyosiy sohadagi faoliyat; - ijtimoiy - madaniy sohadagi faoliyat. Nazariy jihatdan olganda Hukumat faoliyatining asosiy yo'nalishlarini yanada aniqroq ko'rsatib o'tish mumkin. Masalan, rus olimi M.V.Baglayning fikricha, Hukumat faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: - siyosiy sohadagi faoliyat; - ma'muriy - boshqaruv sohasidagi faoliyat; - qonunchilik sohasidagi faoliyat; - tashqi siyosat sohasidagi faoliyat; - iqtisodiyot sohasidagi faoliyat; - ijtimoiy sohadagi faoliyat va hoka'zolar.[59] Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini gapiradigan bo'lsak, Vazirlar Mahkamasining vakolatlari avvalambor, o'zining faoliyati yo'nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni namoyon qilar ekan, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatidan farqli ravishda, ijro faoliyatini amalga oshiradi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta'minlaydi, shuningdek, ijroiya hokimiyati tarkibiga kiruvchi davlat organlari ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aynan shulardan kelib chiqqan holda belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma'muriy - siyosiy sohada juda keng vakolatlarga ega. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi: - Respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtiradi; - O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari; idoralari; davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to'g'risidagi takliflarni ishlab chiqadi; - Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi; - Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat hamda xo'jalik boshqaruvining boshqa organlari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; - Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat byudjetida bo'lgan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy apparati xodimlarining soni va ularga sarflanadigan mablag'lar miqdorini belgilaydi; - Vazirliklar, davlat qo'mitalari raislarining o'rinbosarlarini, bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlarini va ularning o'rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; - Xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining va vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hay'atlari a'zolarini shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo'jalik boshqaruvi organlari boshqaruvlari a'zolarini tasdiqlaydi; - O'zbekiston Respublikasining davlat havfsizligi va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo'riqlashni ta'minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash va himoya qilish chora- tadbirlarini amalga oshirishga ko'maklashadi; - Davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o'tkazish hamda Respublika ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.88 KB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc