O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shakllanish tartibi va tarkibi Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Ya'ni O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Bosh vazir nomzodini ko'rib chiqish va tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi. Bosh vazir nomzodini ko'rib chiqish Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan bo'lib, qoida tariqasida, ushbu masala avval Qonunchilik palatasida, so'ngra Senatda ko'rib chiqiladi. Bosh vazirni o'z lavozimidan ozod qilish masalasini esa Prezidentning shaxsan o'zi hal qiladi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi hamda vazifasidan ozod qilinadi, ya'ni Vazirlar Mahkamasi a'zolarining nomzodi Bosh vazir tomonidan ko'satiladi.[54] Vazirlar Mahkamasining doimiy organlari sifatida Bosh vazir va uning o'rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat ko'rsatadi. Vazirlar Mahkamasi Raisining qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga O'zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a'zolari ham kiritilishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tadbiq etishga ko'maklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo'jalik boshqaruvining boshqa organlari foliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy komissiyalari tuzilishi mumkin. «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi qonunning 19-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi o'zining doimiy komissiyalarining vazifalarini, funksiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi. Bundan tashqari davlat va xo'jalik boshqaruvining alohida masalalari bo'yicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining alohida topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik komissiyalari va ishchi organlari tuzilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining hamda ishchi organlarining hujjatlari majlis bayonlari bilan rasmiylashtiriladi hamda tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ko'rsatib o'tilgan komissiyalar va ishchi organlarning majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar tomonidan imzolanadi. Doimiy komissiyalar tomonidan ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan materiallarni tayyorlash hamda komissiyalar qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o'rinbosarlarining kotibiyatlari, departamentlar va bo'limlar oldiga qo'yiladi.Zarurat bo'lganda bu materiallarni tayyorlashga vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinadi. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragidagi rejalari asosida o'tkaziladi. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning rejadan tashqiri majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan o'tkaziladi.[55] Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish maqsadida maxsus apparat (devon) tashkil etiladi. Qonunning 21-moddasiga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining Apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining Apparati va uning bo'linmalari to'g'risidagi nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20-maydagi 248-sonli «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.26 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.26 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc