O'zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining ta'sis etilishi Prezidentlik boshqaruvi davlat hokimiyatining taqsimlanish pritsipi asosida tashkil qilingan mamlakatlarda boshqaruvning eng maqbul shakllaridan biri hisoblanadi. Davlat boshqaruvining prezidentlik shaklida Prezident umumxalq saylovlarida saylanadi va davlat boshlig'i hisoblanadi, ayni vaqtda u ijro hokimiyatni ham boshqaradi. Davlat organlari tizimida markaziy o'rinni egallaydi. Prezident bevosita ijro hokimiyatiga boshqarishi mamlakatdagi barcha kuchlarni bir maqsad yo'lida birlashtirishga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishaga mamlakatda barqarorlik o'rnatishga asosiy kafolat bo'ladi. Prezidentlik lavozimining ta'sis etilishi O'zbekiston Respublikasining mustaqillik sari qo'ygan dastlabki qadam edi. O'zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimini joriy etishida qo'yidagi sabablar bo'ldi: Birinchidan, davlat mustaqilligiga intilish, Respublikada boshqaruv jarayonlarini demokratlashtirish aynan prezidentlik instituti joriy etilishini taqozo etar edi. Chunki parlament uzoq bahs va munozaralarga berilib ketib, kun tartibida turgan dolzarb qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham mamlakatni bir kishi tomonidan boshqarish ehtiyoji paydo bo'ldi. Ikkinchidan, Prezidentlik lavozimini joriy etish sabablaridan yana biri, hokimiyatlarning bo'linishi prinsipini rivojlantirishdan kelib chiqadi. Prezidentlik lavozimi davlat hokimiyati organlarining tizimini tashkil etishda demokratik prinsiplarni amalga oshirishga yordam berishga qaratilgan edi. Qonunchilik, ijro va sud hokimiyati faoliyatini o'zaro muvofiqlashtirish ehtiyoji paydo bo'ldi. Uchinchidan, Prezident o'z zimmasiga hukumatni shakllantirish va uning ishiga rahbarlik qilishdek ulkan mas'uliyatni olishi uchun obyektiv zarurat tug'ildi. To'rtinchidan, vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlikni ta'minlash va murakkab muammolarni paysalga solmasdan zudlik bilan hal etish ehtiyoji paydo bo'ldi. O'sha paytlarda mavjud bo'lgan davlat strukturasi bu masalalarni hal etishga qodir emas edi.[50] Jahon mamlakatlari tajribasidan kelib chiqiladigan bo'lsa, prezidentlik institutiga quyidagacha tavsif berilishi kuzatiladi. Birinchidan, Prezident muayyan davlatning boshlig'i va xalq birligining ramzi hisoblanadi. Ikkinchidan, Prezident o'z mamlakati xalqi nomidan ish tutadi va uning milliy manfaatlarini himoya qiladi. U partiyaviy, ijtimoiy, mahalliy va boshqa manfaatlardan, ayniqsa, har qanday g'oyaviy kelishmovchiliklardan yuqori turadi, jamiyatni o'zaro muvofiqlashtiradi, ijtimoiy-siyosiy hayotni mustahkamlaydi. Uchinchidan, Prezident mamlakatning umumiy holati uchun mas'ul bo'lib, siyosiy barqarorlikni ta'minlaydi, huquqiy tartibotni va xavfsizlikni ta'minlash hamda mamlakataing boshqa davlatlar oldidagi majburiyatini bajarish borasida qarorlar qabul qiladi, tezkor chora-tadbirlar ko'radi. To'rtinchidan, Prezident ijro etuvchi hokimiyatni boshqaradi va uning faoliyatini yo'naltiradi. Beshinchidan, Prezident mamlakat Qurolli kuchlarining Oliy bosh qo'mondoni hisoblanadi, davlat mudofasi va fuqarolarning harbiy xizmatni o'tashi uchun rahbarlik qiladi. Oltinchidan, Prezident ijro hokimiyati tizimida yuqori lavozimga tayinlash vakolatini amalga oshiradi, fuqarolik masalalarini hal qiladi, fuqarolarni davlat nishonlari bilan mukofotlaydi va aybidan o'tadi, inson huquq va erkinliklarini ta'minlanishining, shuningdek, mamlakatda konstitutsiya va qonunlarning kafolati hisoblanadi. Birinchidan, Respublikada mustaqilikka intilish davlat hokimiti tizimini yana demokratlashtirish, qonunlarni qabul qilish jarayonidagi murakabliklar, davlat va jamiyat hayotini uchun zudlik bilan ijtimioiy munosabat ...

Joylangan
09 Jan 2023 | 21:00:48
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.6 KB
Ko'rishlar soni
265 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
09 Jan 2023 [ 21:00 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.6 KB
Ko'rishlar soni
265 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc