O'zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning o'ziga xos xususiyatlari va bosqichlari

O'zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning o'ziga xos xususiyatlari va bosqichlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning o'ziga xos xususiyatlari va bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda konstitutsiyaviy islohotning o'ziga xos xususiyatlari va bosqichlari Agar amaldagi Konstitutsiya o'z mohiyati talablariga javob bermay qo'ysa, konstitutsiyaviy islohot uchun zarurat tug'iladi. O'zbekistonning 1978 yilgi Konstitutsiyasi ham davlatimizning XX asrning so'nggi o'n yilligidagi maqomiga, shaxs bilan davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning xalqaro huquq talab va me'yorlariga javob bermay qo'ygan edi. Chunki u jahon konstitutsiyaviy amaliyotida e'tirof etilgan va Konstitutsiyaga qo'yiladigan talablarga javob bermay qolgan edi. U o'zining markscha va lenincha g'oyalari asosida o'ta mafkuralashtirilganligi, siyosiy chaqiriq va balandparvoz iboralar bilan to'lib-toshganligi bilan ajralib turar edi. Umuman, jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlari va istiqlol yo'llarini o'zida aks ettirmas edi. Shuning uchun ham Sobiq Ittifoqda birinchi bo'lib 1990 yilning iyunida Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida yangi Asosiy Qonun loyihasini tayyorlash uchun 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. Yangi Asosiy Qonun loyihasini tayyorlash faol amaliy konstitutsiyaviy islohot jarayoni bilan uzviy bog'liqlikda olib borildi. 1990-1992 yillarda O'zbekistonning 1978 yilgi Konstitutsiyasiga 100 dan ortiq o'ta muhim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bular jumlasiga, birinchidan, siyosiy sohada: prezidentlik boshqaruvi va yuqoridan to quyigacha tubdan yangi ijro etish hokimiyati tizimini ta'sis etish, konstitutsiyaviy nazoratni joriy qilish, saylov tizimi va sudlarni saylashdagi o'zgartirishlar, bir partiyalikdan ko'p partiyaviylikka o'tishga qaratilgan qo'shimchalar kiradi. Ikkinchidan, iqtisodiy sohada: yangi jamiyatning iqtisodiy asoslarini davlat va kolxoz-kooperativ mulkchiligi emas, balki bozor munosabatlari sari ijtimoiy jihatlari yo'naltirilgan turli mulkchilik shakllari va ularning huquqiy tengligi tashkil etishi haqidagi konstitutsiyaviy qoida o'rnatildi. Uchinchidan, ma'naviyat sohasida: yagona hukmron marksizm-leninizm mafkurasidan va faqat sinfiylikka asoslanishdan voz kechilib, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, ko'p fikrlilik, vijdon erkinligi va boshqa shaxsiy huquqlarning qonuniy amaliy e'tirof etilishidir. Bu sohalardagi har bir konstitutsiyaviy o'zgartirish hayot sinovidan o'tdi. Shuning uchun ham Kosntitutsiyaviy komissiya taraqqiyotimizning talablariga javob beradigan, hayot sinovlaridan o'tgan, 1990-1991 yillarda joriy qilingan qator yangi konstitutsiyaviy qoidalarni Asosiy Qonun loyihasiga kiritdi. Jamiyat siyosiy va huquqiy tizimini tubdan o'zgartirishning muhim tarkibiy qismi bo'lgan konstitutsiyaviy islohot bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, agar ilgarilari qonunchilikni o'zgartirish odatda yangi Konstitutsiyani qabul qilishdan boshlanib, keyin tarmoq joriy qonunlarini asta-sekin o'z ichiga ola borsa, endilikda u butunlay boshqacha amalga oshirildi. Garchi muayyan o'zaro bog'liqlik shubhasiz saqlanib qolgan bo'lsada Konstitutsiya va amal qilayotgan qonunlarga kiritilayotgan tuzatishlar bilan qo'shimchalar o'rtasidagi ilgarigidek qat'iy bog'liqlik yo'q edi. Shu jihatdan olib qaralganda Konstitutsiyaning qabul qilinishi butun huquqiy islohotning eng yuqori nuqtasi bo'lib hisoblanadi. Ikkinchidan, agar ilgarigi ikki Konstitutsiya islohoti vaqtida (1936-1937 va 1977 -1978 yillar) Respublikaning Asosiy Qonunini biron-bir jiddiy muqobil yechimni istisno etgan holda SSR Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish ularning asosiy mazmunini tashkil etgan bo'lsa, endilikda bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.27 KB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.27 KB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga