O'zbekistonda sudyalarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi

O'zbekistonda sudyalarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda sudyalarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda sudyalarning konstitutsiyaviy -huquqiy maqomi Sudyalarning huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari, saylanish tartibi, tayinlanishi va lavozimini egallashi, ular mustaqilligining kafolatlari, shuningdek ularning moddiy va ijtimoiy ta'minoti Konstitutsiyasi va Sudlar to'g'risidagi qonun normalarida belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Sudlar to'g'risida gi qonunning 61-moddasiga ko'ra, sudyalar oldiga bir qancha talablar qo'yiladi. Bularga: Yigirma besh yoshdan kichik bo'lmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik ixtisos bo'yicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega bo'lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) sudi, xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin. Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida besh yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo'lib kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo'lgan va malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi bo'lishi mumkin. Oliy yuridik ma'lumotga hamda yuridik ixtisos bo'yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya bo'lib kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo'lgan va malaka imtihonini topshirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo'jalik sudi sudyasi bo'lishi mumkin. Haqiqiy harbiy xizmatni o'tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud sudyasi bo'lishi mumkin. Yigirma besh yoshdan kichik bo'lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig'ilishlarida ochiq ovoz berish yo'li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo'lib, sudlarda ishtirok etishlari mumkin. Haqiqiy harbiy xizmatni o'tayotgan, saylov kunida o'n sakkiz yoshga to'lgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig'ilishlarida ochiq ovoz berish yo'li bilan bir yarim yil muddatga saylangan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatchisi bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudi sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudyalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi. Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, xo'jalik sudlari sudyalari esa O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Harbiy sudlar sudyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Sudyalar besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Konstitutsiya va qonun sudyalarga asosiy talablardan tashqari, qator qo'shimcha talablar ham o'rnatilganligini ta'kidlash lozim: -sudyalar hokimiyat vakillik organlarining deputatlari bo'lishi mumkin emas; -sudyalar siyosiy partiyalar va harakatlarning a'zosi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.35 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.35 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga